Get Mystery Box with random crypto!

O‘zingizni TDYU talabasidek his qilishni xohlaysizmi?! Unda T | fslofficial

O‘zingizni TDYU talabasidek his qilishni xohlaysizmi?!

Unda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan yoʻlga qoʻyilayotgan “Lamp Law” loyihasi siz uchun ayni muddao boʻladi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan yangi loyihada maktab, litsey va texnikumlarning 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilari ishtirok etishi mumkin.

Oʻzbek va rus tillarida tashkil etilayotgan loyiha dasturidan huquqiy savodxonlik va Legal English darslari, davlat tashkilotlariga tashriflar hamda yirik loyihalar o'rin olgan.

Loyiha davomida ishtirokchilar uchun tushlik va kofe-breyklar ham tashkil etiladi.

Shunday ekan 31-iyulga qadar camplaw.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻting va 1-avgustdan oʻzingizni Toshkent davlat yuridik universiteti talabasidek his qiling!

Batafsil ma’lumotni camplaw.uz saytidan olishingiz mumkin.

@tsulofficial