Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, azizlar. Bugun sizlarga o'zimiz tanigan-bil | https://t.me/Fikrlardan_Parcha

Assalomu alaykum, azizlar.

Bugun sizlarga o'zimiz tanigan-bilgan ba'zi insonlarning foydali Telegram kanallari haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz. Ularning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarning faollari, xalqqa ziyo, ma'rifat ulashish yo'lida jonbozlik qilib kelayotgan kishilar bo'lgani uchun yaxshilikni sizlarga ilindik. Kiring, ko'ring va manfaatlaning.

Doniyor Nasriddinov — havola
«COLBA ta’lim markazi» asoschisi, kimyo fani eksperti Doniyor Nasriddinov shaxsiy hayotdagi tajribalari va yoshlarni ilm olishga targ‘ib qiluvchi postlarni berib boradi.

Fikrbank — havola
Rasta, EDU va EDU-Sofiya va boshqa startap loyihalari asoschisi, tadbirkor va bloger Xurshid Maroziqovning asosan marketing va biznesga aloqador fikrlari.

Ikrom Sharif — havola
"Ko‘kaldosh" madrasasi bitiruvchisi, "Sakinat til maktabi", "Sakinat oila maktabi" va "Sakinat Travel" sayyohlik agentligi asoschisi Ikrom Sharif oila va farzand tarbiyasi haqida hamda ijtimoiy-axloqiy mavzularda tavsiyalar, maqola va hikmatlar ulashib boradi.

Iysoxon Yahyo — havola
"Sayyid academy" asoschisi, madrasa va Oliy ma’had bitiruvchisi Iysoxon Yahyoning shaxsiy mulohazalari, o’qiganlari va tarjimalari bilan tanishib borishingiz mumkin.

Jahongir Po'latov — havola
"Cambridge" o'quv markazi, "Modme" platformasi asoschisi, tadbirkor Jahongir Po'latovning shaxsiy tavsiyalari, tadbirkorlik yo'nalishidagi maslahatlari berib boriladi.

Javohir Izzatulloh — havola
Oʻqituvchi, tarjimon, Biznes boshqaruvi fanlari magistri, "Najot Ta'lim" markazi O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatullohning bu oʻtkinchi dunyoda koʻrgan-kechirganlari, musulmon oʻzbek farzandi uchun dolzarb mavzulardagi oʻziga xos fikr-mulohazalari.

MIGRANT — havola
Huquqshunos Botirjon Shermuhammad tomonidan asos solingan migrant.mobi axborot-xizmat portali sahifasi. Xorijda yurgan yoki chetga chiqmoqchi bo'lganlar uchun foydali maqolalar, xabarlar va yuridik maslahatlar.

Muhammad Temur A'zam — havola
Erkin jurnalist, bloger va kopirayter Muhammad Temur A'zam shaxsiy blogi. Ijtimoiy-siyosiy, diniy mavzularda yozadi.

Muhammadali Eshonqulov - havola
Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi, o'qituvchi va tadbirkor Muhammadali Eshonqulov ustozlardan olgan bilimlari, hayotiy tajribalari va yoshlarni ilmga targ'ib qiluvchi postlarni ulashib boradi.

Nuruddin Blogs — havola
"Product Management" sohasida faoliyat yurituvchi hamyurtimiz Nuruddin Iminoxunov IT sohasidagi qiziqarli ma’lumotlar va o’zi foydali deb topgan resurslar bilan bo’lishadi.

Temurbek Adhamov — havola
"Najot Ta'lim" markazi asoschisi, "Osmondagi bolalar" va "Alohida mavzu" loyihalari muallifi Temurbek Adhamov ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarini o'rtoqlashib boradi.

Valijon Turakulov — havola
Iqtisodchi, Akfa universiteti professori Valijon Turakulovning iqtisodiy va shaxsiy rivojlanish bo'yicha blogi.

Xurshid Saidmuhammad havola
Biznes boshqaruvi, Menejment konsalting sohasida faoliyat yurituvchi, "Apple" kompaniyasi(Yaponiya)da Menejer lavozimida ishlovchi o’zbek yigiti 'Leadership' (yetakchilik), shaxsiy rivojlanish va musofirchilikda topgan hikmatlarini ulashib boradi.

G'ayratxo'ja G'afforxo'ja o'g'li havola
AZON guruhi xodimi, “Fikrat” tahliliy dasturi boshlovchisi G‘ayratxo‘ja G‘afforxo‘ja o‘g‘lining shaxsiy fikrlari, qarashlari va imkon qadar xolis tahlil.

G'iyosiddin Yusuf — havola
Oilaviy munosabatlar bo‘yicha ustoz, bir necha kitoblar muallifi G‘iyosiddin Yusufdan farzand tarbiyasi haqida blog.

Shavkat Hasan — havola
Oilada er va xotin munosabatlari haqidagi sahifa. Bu yerda asosan nikoh, taloq, idda kabi oilaviy masalalarga oid ma'lumotlar beriladi.