Get Mystery Box with random crypto!

Iymon indikatori Qurʼonda baʼzi oyatlar mavjud. Ularni oʼqig | Fathiyya Nabijon

Iymon indikatori

Qurʼonda baʼzi oyatlar mavjud. Ularni oʼqigan banda bor-ki iymoni ila sinaladi, qalblar nifoqni yashirishga toqat qilolmay qoladi. Shunday iymon indikatorlaridan biri Niso surasining 34-oyati:

اَلرِّجَالُ قَوَّامُوْنَ عَلَى النِّسَاۤءِ بِمَا فَضَّلَ اللّٰهُ بَعْضَهُمْ عَلٰى بَعْضٍ وَّبِمَآ اَنْفَقُوْا مِنْ اَمْوَالِهِمْ ۗ فَالصّٰلِحٰتُ قٰنِتٰتٌ حٰفِظٰتٌ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ اللّٰهُ ۗوَالّٰتِيْ تَخَافُوْنَ نُشُوْزَهُنَّ فَعِظُوْهُنَّ وَاهْجُرُوْهُنَّ فِى الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوْهُنَّ ۚ فَاِنْ اَطَعْنَكُمْ فَلَا تَبْغُوْا عَلَيْهِنَّ سَبِيْلًا ۗاِنَّ اللّٰهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيْرًا

ʼʼAlloh baʼzilarini baʼzilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar–itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi boʻyicha gʻoyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh koʻtarishlaridan xavf qilingan ayollarga vaʼz-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yoʻl axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk zotdirʼʼ.

Vijdonan yondashib oʼzimizni soʼroqqa tutaylik-chi, qani qalbimizda nima bor ekan

Bu oyatni Robbimizning mutloq Odil va Hakiymligini bilgan holda xotirjam qabul qilyapmizmi yoki u tufayli gʼayridin/dinsizlar oldida uyalib oshkor qilmaslikni xohlayapmizmi?

Alloh Taoloning adolatini haq deb bilamizmi, yoʼqsa U Zot yaratgan maxluqotlarinikinimi?

Bu xususida Daniel Hakikatjou oʼzining ʼʼIslom diniga zamonaviy tahdidlarʼʼ kitobining ʼʼFeminizmʼʼ bobida shunday deydi:

ʼʼShariʼatning "bahsli" hisoblanadigan nizomlari, oyat va hadislarni tinimsiz yashirishga urinish kerak emas. Odamlar baribir bilib oladilar. Sababi, birinchi navbatda  ateistlar va liberalizm faollari qoʼl qovushtirib oʼtirayotganlari yoʼq, Islomning haqiqatini "oshkor qilish" ilinjida, ularni eng buzuq rakursdan yondashib ochiqlashadiʼʼ.

Nega aynan feminizm bobida keltirilgani kunday ravshan: Islom va uning ahkomlariga dushman feministlar nishonlarini eng avvalo shu oyatga qaratishadi va u orqali butun boshli dinni "adolatsiz", "zolim" va yana shunga oʼxshash ayblovlar bilan malomat qilishadi.

Bundan-da yomonrogʼi, musulmonlarning oʼzi ham ushbu oyat xususida koʼp fitnalanishlari, johillik tufayli notoʼgʼri talqin qilib gʼarazli maqsad yoʼlida undan foydalanishlarida! Deniel akamiz ham ayni shu fikrdalar:

ʼʼEng daxshatlisi, masʼuliyat yuklatilgan tomonlar egoizm va johillik tufayli oʼzlarining ochiq-oydin gʼofilliklari hamda ayollarga qiladigan shavqatsiz munosabatlarini Qurʼon va ayrim hadislarga tayanib oqlamoqchi boʼlayotganlarida.

Biroq bu muammolar yechimi - feminizm emas! Johillikka qarshi islomiy ilmlar yordamida kurashish lozim va bu ilmlarni modernizm, liberalizm va feminizm taʼsiriga tushmagan haq ulamolar taqdim qilishlari kerakʼʼ.

@fathiyyanabijon