Get Mystery Box with random crypto!

Fathiyya Nabijon

Telegram kanalining logotibi fathiyyanabijon — Fathiyya Nabijon F
Telegram kanalining logotibi fathiyyanabijon — Fathiyya Nabijon
Kanal manzili: @fathiyyanabijon
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.13K
Kanalning ta’rifi

بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد 📚
Sen: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!” deb ayt. 39:9
Postlarni ulashayotganda mualliflik
huquqiga amal qiling!
Murojaat uchun @Fathiyya_Nabijonbot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-03-11 09:19:19 Iymon indikatori Qurʼonda baʼzi oyatlar mavjud. Ularni oʼqigan banda bor-ki iymoni ila sinaladi, qalblar nifoqni yashirishga toqat qilolmay qoladi. Shunday iymon indikatorlaridan biri Niso surasining 34-oyati: اَلرِّجَالُ قَوَّامُوْنَ عَلَى النِّسَاۤءِ…
456 viewsedited  06:19
Ochish/sharhlash
2023-03-11 09:07:22 Iymon indikatori

Qurʼonda baʼzi oyatlar mavjud. Ularni oʼqigan banda bor-ki iymoni ila sinaladi, qalblar nifoqni yashirishga toqat qilolmay qoladi. Shunday iymon indikatorlaridan biri Niso surasining 34-oyati:

اَلرِّجَالُ قَوَّامُوْنَ عَلَى النِّسَاۤءِ بِمَا فَضَّلَ اللّٰهُ بَعْضَهُمْ عَلٰى بَعْضٍ وَّبِمَآ اَنْفَقُوْا مِنْ اَمْوَالِهِمْ ۗ فَالصّٰلِحٰتُ قٰنِتٰتٌ حٰفِظٰتٌ لِّلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ اللّٰهُ ۗوَالّٰتِيْ تَخَافُوْنَ نُشُوْزَهُنَّ فَعِظُوْهُنَّ وَاهْجُرُوْهُنَّ فِى الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوْهُنَّ ۚ فَاِنْ اَطَعْنَكُمْ فَلَا تَبْغُوْا عَلَيْهِنَّ سَبِيْلًا ۗاِنَّ اللّٰهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيْرًا

ʼʼAlloh baʼzilarini baʼzilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar–itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi boʻyicha gʻoyib(er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh koʻtarishlaridan xavf qilingan ayollarga vaʼz-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yoʻl axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk zotdirʼʼ.

Vijdonan yondashib oʼzimizni soʼroqqa tutaylik-chi, qani qalbimizda nima bor ekan

Bu oyatni Robbimizning mutloq Odil va Hakiymligini bilgan holda xotirjam qabul qilyapmizmi yoki u tufayli gʼayridin/dinsizlar oldida uyalib oshkor qilmaslikni xohlayapmizmi?

Alloh Taoloning adolatini haq deb bilamizmi, yoʼqsa U Zot yaratgan maxluqotlarinikinimi?

Bu xususida Daniel Hakikatjou oʼzining ʼʼIslom diniga zamonaviy tahdidlarʼʼ kitobining ʼʼFeminizmʼʼ bobida shunday deydi:

ʼʼShariʼatning "bahsli" hisoblanadigan nizomlari, oyat va hadislarni tinimsiz yashirishga urinish kerak emas. Odamlar baribir bilib oladilar. Sababi, birinchi navbatda  ateistlar va liberalizm faollari qoʼl qovushtirib oʼtirayotganlari yoʼq, Islomning haqiqatini "oshkor qilish" ilinjida, ularni eng buzuq rakursdan yondashib ochiqlashadiʼʼ.

Nega aynan feminizm bobida keltirilgani kunday ravshan: Islom va uning ahkomlariga dushman feministlar nishonlarini eng avvalo shu oyatga qaratishadi va u orqali butun boshli dinni "adolatsiz", "zolim" va yana shunga oʼxshash ayblovlar bilan malomat qilishadi.

Bundan-da yomonrogʼi, musulmonlarning oʼzi ham ushbu oyat xususida koʼp fitnalanishlari, johillik tufayli notoʼgʼri talqin qilib gʼarazli maqsad yoʼlida undan foydalanishlarida! Deniel akamiz ham ayni shu fikrdalar:

ʼʼEng daxshatlisi, masʼuliyat yuklatilgan tomonlar egoizm va johillik tufayli oʼzlarining ochiq-oydin gʼofilliklari hamda ayollarga qiladigan shavqatsiz munosabatlarini Qurʼon va ayrim hadislarga tayanib oqlamoqchi boʼlayotganlarida.

Biroq bu muammolar yechimi - feminizm emas! Johillikka qarshi islomiy ilmlar yordamida kurashish lozim va bu ilmlarni modernizm, liberalizm va feminizm taʼsiriga tushmagan haq ulamolar taqdim qilishlari kerakʼʼ.

@fathiyyanabijon
483 views06:07
Ochish/sharhlash
2023-03-09 20:53:39 ​​Eslatma

G‘arbga taqlidi katta bo‘lgan muhitda yashovchi/o‘quvchilar qalbdagi illatlar borasida juda ehtiyotkor bo‘lishlari, nafs tarbiyasiga boshqalarga qaraganda ikki barobar ko‘proq e‘tibor qaratishlari lozim.

Sabab?
- Bunday muhitda inson iymoni zaif, din haqida gapirish va unga amal qilishni eskilik sarqiti yoki qoloqlik deb hisoblaydiganlar qurshovida bo‘ladi. Shayton esa bu fursatdan foydalanib:

- Sen bular ichida eng taqvodorisan!
- Nafl ibodatlaring yo‘q bo‘lsa nima qilibti, "zato" farzlarni bajarasan. Boshqalar shuni ham qilishmaydiku!
- Hamma seni dindorliginga havas qiladi, sen eng iymonli, ilmli bandasan.
- Qara hammasi shim bilan ro‘mol o‘rab olgan, sen esa buyurilgandek satrlangansan, juda bir soliha qizsandaa!
- Birortasi jumaga chiqmadiya, bitta o‘zing boryapsan, iymon mana bunday bo‘libtida!


Shularga o‘xshash yana ko‘plab vasvasalar qila boshlaydi. Asta sekin qalbda kibr, riyo, o‘z-o‘zidan faxrlanish kabi illatlar paydo bo‘la boshlaydi, nauzubillah. Ilm olishga, islomni chuqurroq o‘rganishga yoki kitoblar mutolaasiga himmatingiz ham shu sababdan pasayib ketadi.

Shunday paytda siz qalbni salomat hamda illatlardan holi saqlash uchun o‘zingizni dinda va fazilatli amallarda sizdan ustunlar bilan solishtiring.

Agar siz Misrda bo‘lganingizda naridan beri yodlab qo‘ygan 3-4 porangiz bilan havolana olmasdingiz, chunki u yerda bolalar maktabga chiqquncha murattab qori bo‘lib ulgurishadi.

Yoki Madina ahli oldida farzlarni o‘z vaqtida o‘qishingiz bilan ajralib tura olmaysiz, sababi ular nafllarni o‘zlariga farz barobarida ko‘rib ibodatda himmatli bo‘lishadi.

Bu muammolar menda ham bor va doimo ular ustida ishlashga harakat qilaman, chunki o‘zim ham islom haqida, Rosululloh alayhissalotu vasallam haqlarida gapirishdan uyaladigan, buni eskilik deb hisoblaydiganlar to‘la muhitda o‘qiyman.

Atrofimdagi qizlar meni juda ko‘p kitob o‘qishimni, bunga havas qilishlarini gapirishadi. Lekin Vallohi qancha kitob o‘qisam ham o‘zimga kamdek tuyulaveradi.

Chunki shunday qizlarni bilamanki bir yilda 300dan ortiq kitoblar o‘qishadi. Katta, qalin, ilmiy kitoblarni 1 haftada o‘qib sharhlar qilishadi. Hayotlari davomida 1000dan ziyod ( ) kitob o‘qishgan. Mana shunday qizlarga havas qilish, ulardan ham o‘tib ketishga intilish himmatni yanada baland qiladi.

Fathiyya Nabijon

@fathiyyanabijon
537 views17:53
Ochish/sharhlash
2023-03-09 20:51:29 #insight

Alloh Taolo ’’Kahf’’ surasining 28-oyatida shunday buyuradi:

وَاصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ الَّذِيْنَ يَدْعُوْنَ رَبَّهُمْ بِالْغَدٰوةِ وَالْعَشِيِّ يُرِيْدُوْنَ وَجْهَهٗ وَلَا تَعْدُ عَيْنٰكَ عَنْهُمْۚ تُرِيْدُ زِيْنَةَ الْحَيٰوةِ الدُّنْيَاۚ وَلَا تُطِعْ مَنْ اَغْفَلْنَا قَلْبَهٗ عَنْ ذِكْرِنَا وَاتَّبَعَ هَوٰىهُ وَكَانَ اَمْرُهٗ فُرُطًا

’’Oʻzingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki koʻzingni burma. Qalbini Oʻz zikrimizdan gʻofil qilib qoʻyganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma’’.

Jamiyat, muhit, hatto kichik bir guruhdan iborat insonlarni ham boshqa bir shaxsga ta’sir ko’rsata olishi - inkor etib bo’lmaydigan fakt.

G’aflatdagi insonlar bilan do’stlashmaslik, ularning jamoasidan uzoq yurish motivator/speakerlarning deyarli har bir master-classida uchraydigan jumlalari yohud kitoblardagi siyqasi chiqqan tavsiyalardan biri emas, Alloh Taoloning buyrug’i!

Bu oyat hikmatiga hayotimiz davomida ko’p marotaba guvoh bo’lamiz, xossatan ta’lim maskanlarida.

Masalan, G’arbga taqlid avjiga chiqqan dunyoviy ta’lim muassasalaridan biri - universitetim muhitining eng xavfli jihatlari:

Chin mo’minlik hislatlaridan biri - munkarni ko’rganda qalb bezovta bo’lishi nihoyatda susayib ketishi. Har kuni to’qnashaverish oqibatida harom amallar ko’zga yengil ishlardek ko’rina boshlaydi, agar Alloh rahm qilmasa bora-bora iymon zaiflashib qalb shu holatga ko’nikadi va rozi bo’ladi.

Nafllarga rag’bat bo’lmasligi. Farzlar bilan kifoyalanish yoki ularni ’’bir amallab’’ bajarib olish ham boshqalar bilan solishtirganda katta natijadek tuyula boshlaydi.

• Nima qilish lozim?
• Alloh Taolo buyurganidek - erta-yu kech Robbisining jamolini istab duo qiladigan bandalarni qidirib topish va ularga qo’shilib iymonni saqlab qolish, agar imkon bo’lsa ziyoda qilish ustida ham birga ishlash!

Bunday toifa insonlar daraxtni bir tepsa yog’iladigan xilidan emas. Banda Allohdan so’rab, yalinib, yolvorib, sabablarni ushlab, shu hislatlarni avvalo o’zida shakllantiribgina yo’liqishi mumkin ularga bifazlillah.

P.s.2: Ertaga Kahf surasini o’qib qo’yishni unutmang. Mus’hafga qarab mustaqil o’qiy oladigan darajada bo’lmasangiz, juda ohanglashtirib yubormay tartil bilan o’qiydigan qorining tilovatini qoyib ortidan qaytarsangiz ham bo’ladi.

Ayman Rushdiy Suvayd, Khalifa At-Tunaiji va Abu Bakr Ash-Shatri (Alloh ulardan rozi bolsin)larni tavsiya qilaman.

@fathiyyanabijon
542 viewsedited  17:51
Ochish/sharhlash
2023-03-08 08:13:45
P.s: Yuqoridagi postlar ilhom manbai: https://instagram.com/sara_abdurrohman?igshid=YmMyMTA2M2Y=

@fathiyyanabijon
907 viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2023-03-08 08:13:30 Unutmang!

Eng qimmatbaho javohir toshlar dengizning tub tubida chig‘anoq ichida bo‘lishadi. Ularga faqat mashaqqatlarga sabr qilib dengiz tubiga qadar sho‘ng‘ishga kuch topa olganlargina yetishadi.

Islom ham ayolni bamisoli chig‘anoq ichidagi marvarid kabi satrlab qadr-qimmatini yuksaltiradi. Arzon narxlarda hamma olishi mumkin bo‘lgan yasama tosh bo‘lishdan saqlaydi.

Islomda ayol kishini yerga urish/ haqoratlash/past ko‘rish/majburan ishlatish yo‘q! Agar bu ishlar o‘zini musulmon sanaganlar tomonidan qilinganini ko‘rsangiz bu o‘sha odamlarni Allohni tanimasligi, johilligi, dinini bilmasligidandir!

Musulmonni xatosi uchun butun islomni aylab g‘arbga taqlid qilish, kofirlar tashkil qilgan jirkanch kunni bayram deb nishonlash qaysi mezonga to‘g‘ri keladi? Muslimalar buni o‘zlariga qanday ep ko‘rishadi?

@fathiyyanabijon
872 viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2023-03-08 08:13:06
Bu kun tarixi haqida bilamizmi o‘zi?

1917 yil 8 mart kuni ayollar bosh ko‘tarib feminizmni rivojlantirish uchun to‘da to‘da bo‘lib miting qilib chiqishi bilan boshlangan.

Ayollar erkak bilan teng bo‘lamiz, "ayol=erkak" lozunglari bilan chiqishgan va go‘yoki o‘z huquqlarini "himoya" qilmoqchi bo‘lishgan.

Minglab ayol-qizlar kofirlar tomonidan qilingan go‘yalar qurboni bo‘lishgan. Paranjilariga qo‘shib iymon, hayo, iffat, nomus va boshqa ayolni ayol qiladigan eng qimmatli hislatlarini olovga otishgan. Yuzlab erkaklar orasida "mardlarcha" turib o‘zlarini ko‘z-ko‘z qilishni boshlashgan.

Agar siz internetdan bu kun haqida ma‘lumot qidirsangiz deyarli barcha saytlarda ayollarni "Huquqlarini qo‘lga kiritishi", "Ozodlikka chiqishi" kabi jarangdor nomlar bilan yozishadi.

Xuddiki bu kungacha ular din hamda qadriyatlar ta‘sirida xo‘rlangan, ezilgan, huquqlari toptalgan va go‘yoki Sobiq Sovet ittifoqi ularni bundan "halos" qilgandek ko‘rsatishadi.

Aslida esa...

@fathiyyanabijon
920 viewsedited  05:13
Ochish/sharhlash
2023-03-08 08:12:24 ​​Imtiyoz

Keling bugun ayol-qizlarning islomdagi imtiyozlarini ko‘rib chiqamiz:

1. Hayotning turli jabhalaridagi javobgarlik mas‘ulyati erkakka yuklatildi. Bu mashaqqatlardan ayollar ozod qilindilar

Alloh Taolo Niso surasi 34-oyatda aytadi:

اَلرِّجَالُ قَوَّامُوْنَ عَلَى النِّسَاۤءِ بِمَا فَضَّلَ اللّٰهُ بَعْضَهُمْ عَلٰى بَعْضٍ وَّبِمَآ اَنْفَقُوْا مِنْ اَمْوَالِهِمْ ۗ

"Alloh baʼzilarini baʼzilaridan ustun qilgani (oila boshlig‘i sifatida doimiy va boshqa hususiyatlarda) va mollaridan sarflaganlari uchun (o‘z oilasiga) erkaklar ayollarga rahbardirlar"

2. Islom ayollardan urushda qatnashish majburiyatini olib tashladi

3. Ayol kishi ro‘zg‘origa harajat qilishga majbur emas, bu to‘lig‘icha erning vazifasi. Er xotinning mulkiga daxl qilmasdan mahr beradi, to‘y qiladi, uy-joy bilan ta‘minlaydi, xotin bola-chaqasini parvarish qiladi. Bu holat ayol uchun moliyaviy imtiyozdir

4. Islomda kim ayolga zino bilan tuxmat qilsa, unga jazo tayinlanadi
5. Mahr - mutloq ayol mulki
6. Nafaqa burchi
Shaxsiy chiqimlar: kiyim, maskan, dori-darmon va hatto paypoqqa ham mablag‘ ajratish er zimmasida! (Feministlarda ayollar erkaklar bilan teng mehnat qilib o‘zlarini o‘zlari ta'minlashlari kerak, bunda ayolni jismonan ojizligi/qo‘shimcha mas‘ulyatlari/ishdan keyin ham dam ololmasligi ularga ahamiyatsiz )

Robbimiz biz nozik hilqatga shu va yana boshqa ko‘plab imtiyozlar, yengilliklar berib qo‘ygan. Biz esa ulardan foydalanish o‘rniga Allohga isyon qilmayapmizmi

- Qanday deysizmi
- "8-mart" bilan


@fathiyyanabijon
1.2K views05:12
Ochish/sharhlash
2023-03-06 18:29:51 Til oʼrganish

Bot orqali eng koʼp soʼraladigan savollardan biri - biladigan tillarimni qayerda va qanday oʼrganganim hamda qaysi oʼquv markazlarini tavsiya qila olishim haqida.

Bugun post orqali shu mavzuni koʼtarmoqchiman: Nima uchun oʼquv markazlarini tavsiya qilmayman

Shaxsan oʼzim biladigan tillarimni birortasini oʼquv markazida oʼrganmaganman. (Rus tili bogʼcha/maktab/litsey va hozirgacha universitetda, ingliz tili litseyda, nemis tili ham litseyda, turk tili self-study qilib, arab tili ustoz bilan lekin markazda emas, koreys tili universitetda).

Oʼquv markazlardagi til oʼrgatish tizimi mutlaqo xato, samarasi past, eng asosiysi - vaqt yoʼqotishga olib boradi deb hisoblayman.

Dars oʼtish metodikalarini oʼzinigina ikki semestrdan buyon oʼrganib keladigan talaba sifatida maktab va oʼquv markazlarida qoʼllaniladigan anʼanaviy usullarni keskin qoralayman. 

Har bir inson, xoh bola boʼlsin, xoh katta yoshli shaxs - oʼz qobiliyat va moyilliklariga ega boʼlgan individ.

Odam oʼzini qanday turdagi oʼrganuvchi turkumiga kirishini aniqlab ham anchagina vaqt, mablagʼ va boshqa resurslarini tejab qolishi mumkin.

Masalan men ʼʼVisual learnerʼʼman. Maʼlumot qabul qilish, yangi narsalarni oʼrganish, soʼz yodlash - barcha-barchasini oʼqish va kuzatish koʼnikmalarimni ishlatib amalga oshiraman.

Bitta maʼruzani 80 marotaba qayta-qayta eshitsam ham, bir bora oʼsha maʼruza matnini mustaqil oʼqib chiqqanimdagichalik eslab qola olmayman. Boshqa tildagi notanish soʼzlarni bir kunda ming marta eshitib yodlay olmasligim mumkin, lekin bir marta oʼsha soʼzga qarab, oʼqib, yozib koʼrsam tamom, eslab qolaman.

Bir tanish dugonam esa ʼʼaudio-learnerʼʼ. Bilgan narsalarini 90%ni podcastlar eshitish orqali oʼrgangan. Bir narsani 10 marotaba oʼqib atiga 30% eslab qolsa, 1 marotaba eshitib 70-80% eslab qoladi.

Yana bir insonni bilaman, u ʼʼkinesthetic learnerʼʼ. Nimadir oʼrganishi uchun albatta unga aloqador qandaydir harakat-mashgʼulotlarni bajarishi kerak. Eshitib yoki oʼqib emas, faqatgina bajarib koʼrib toʼliq oʼrgana oladi.

Endi uchchalamizni oʼquv markazga, bir guruhga borib til oʼrganishimizni tasavvur qilib koʼring!

Bir xil materiallar, bir xil ustoz, bir xil yondashuv - uch xil natija.

Matn oʼqib oʼrgangan kunimiz men faol boʼlaman, haligi ikkisi hech nimani tushunmay oʼtirishadi. Podcast eshitib mashq bajargan kunimiz natijalarim juda yomon chiqadi, audio-learner dugonam ʼʼрулитʼʼ. 

Hech qaysi oʼquv markazda turli xil mashgʼulotlar bilan til oʼrgatilmasligini hisobga olsak, ʼʼkinesthetic-learnerʼʼ tanishim har kuni ota-onasidan ʼʼNega anavi ikkisi zoʼr oʼqiydi, sen esa yoʼq?! Nega ular bilan bir vaqtda boshlagan boʼlsang ham, sen doim orqada qolib ketaverasan?! Demak yaxshi oʼqimayapsanʼʼ deb dakki eshitadi.

Bu narsa hatto sharʼiy ilm olishda ham muhim. Masalan men uchun Qurʼon oyatlarini eshitib emas, musʼhafga qarab qayta-qayta oʼqib yodlash samaraliroq. Aqida va fiqh ahkomlarini ham maʼruza tinglab emas, kitobdan oʼqisam yaxshiroq tushuna boshlayman.

Kalomullohni eshitib yod olgan hofizi-Qurʼonlar esa audio-learner hisoblanishadi, chunki bu usul ularning fitratlariga hos, qulay.

Mavzu yaxshigina keng va chuqur ekan, hali til oʼrgatish mobaynida qilinadigan yondashuvlar bor, ularga ham juda koʼp narsa bogʼliq zotan.

@fathiyyanabijon
#fathiyya_bilan_pedagogika
#fathiyya_shaxsiy_rivojlanish
902 views15:29
Ochish/sharhlash
2023-03-04 11:52:05 Oʼzgartirish yoki Yangilik kiritish

Kuni kecha opam “Qanday qilib bolalarda shirinlik isteʼmol qilishni toʼxtatish mumkin”ligi haqidagi bir kitobni tarjima qilishimni taklif qildilar.

Mavzu yaxshigina dolzarb, bu turdagi maʼlumotlarga talab yuqori, xossatan bio-hayot va nutritsologiya rivojlanib borayotgan hozirgi pallada. Boz ustiga soham bevosita bolalar bilan ishlashga borib taqaladi. Xullas, agar kirishadigan boʼlsam yaxshi bir loyihadek koʼrindi, biroq istamadim.

---------------------------------------------------

• Men tanigan-bilgan barcha chevarlar boshqa biri tikkan liboslarni oʼzgartirib/toʼgʼrilab berish haqida qilingan iltimoslarni doim rad etishadi.

Ular, boshqa birov qilgan ishni toʼgʼrilashni emas, oʼzlarinikini tayyorlashni xohlashadi.

• Hech qaysi tergovchi, avval boshqa tergovchi tomonidan kirishilib, yarmida tashlab qoʼyilgan ishga masʼul boʼlishni istamaydi.

Hali hech kim qoʼl urmagan loyiha berishlarini soʼraydi.

• Muhandislikni santexniklikdan bir necha pogʼona yuqori turishining boisi - birinchisi mutlaqo yangilik ishlab chiqadi, ikkinchisi avvaldan mavjud boʼlgan, allaqachon ishlab chiqilgan narsani oʼrni kelsa taʼmirlaydi va hkz.

Xuddi shunday kreativ, fitratida yozuvchilikka intilishi boʼlgan boy fantaziya sohibi ham, aslo boshqa birovning ijod mahsulini tarjima qilishga kirishmaydi.

Oʼz muallifligi asosida hali dunyo yuzini koʼrmagan gʼoyalarini Allohni izni ila jonlantirishni istaydi.

Xulosa:
Modomi-ki, qaysi kasb vakili boʼlishidan qatʼiy nazar inson zoti boshqa birovning tugallanmagan ishini yakunlash/oʼzgartirishdan malollanar ekan, oʼzi oʼz sohasida ustasifarang boʼlishga harakat qilsin!

Professional mutahassis boʼla olsin-ki, uning qilgan ishlarini boshqalar oʼzgartirish/tuzatish/toʼgʼrilash/taʼmirlashga majbur boʼlishmasin:

Chevarlar "Переделка"ga ehtiyoj tugʼilmaydigan darajada mahorat bilan tikishni oʼrganishsin.
Tergovchi, prokuror, yurist, advokatlar boshlagan ishlarini oxiriga yetkazmaguncha tinchishmasin.
Muhandislar kunda kun-ora santexnik chaqirib tuzattiradigan chala ish qilishmasin, jiddiy yondashib professional darajada bajarishsin.
Mualliflar, agar-ki kitoblari dolzarbligi boʼyicha dunyo miqyosiga chiqa oladigan boʼlsa, bir yoʼla oʼzlari boshqa tillarda ham yozaverishsin.

P.s: Siz hozir ilmiy teoriya yoki koʼp yillik tajriba mevasini emas, shunchaki bir insaytni oʼqidingiz. Istisnolar borligini ham (kasbini yoqtirmaydigan, majburlikdan ishlaydigan), hayotda barchasi yozilgani kabi oson boʼlmasligini ham inkor qilmayman.

Fathiyya Nabijon

@fathiyyanabijon
#fathiyyasthoughts
875 viewsedited  08:52
Ochish/sharhlash