Get Mystery Box with random crypto!

Farrukh Saliev | Blog

Telegram kanalining logotibi farrukhsaliev — Farrukh Saliev | Blog F
Telegram kanalining logotibi farrukhsaliev — Farrukh Saliev | Blog
Kanal manzili: @farrukhsaliev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.87K
Kanalning ta’rifi

Bir o’zbek yigitining fikrlari, yutuqlari va hayotidagi boshqa voqealari haqida…

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-06-24 21:33:04 Bu yoshimda Prezidentimiz bilan uchrashish baxtiga muyassar bo’laman deb o’ylamagan edim. Nafaqat uchrashish balki ularning oldilarida so’zga chiqish… Rostini aytsam, hozirdan hayajonni his qilayabman.

Hanuzgacha Bosh vazirimizning aytgan gaplari qulog’imda yangraydi. Balki bu holatlar boshqalar uchun uncha katta muvaffaqiyat emasdur, ammo mendek oddiygina oiladan chiqqan yigitcha uchun katta bir yutuqdir.

Prezidentimizga aytadigan gaplarim ko’p. Alloh nasib qilsa shu yaqin kunlarda ushbu maqsadimga ham erishaman. Rasm yoki videoga olinsa albatta sizlarga ulashaman.

Niyat, mehnat, muvaffaqiyat.

@farrukhsaliev
1.3K views18:33
Ochish/sharhlash
2022-06-14 12:32:30 Nihoyat men ham askar bo’laman.

Vatanimni himoya qilaman. Tez orada armiyaga ketaman, azizlar…

Men yo’qligimda kanalni tark etmaysizmi?

@farrukhsaliev
2.0K views09:32
Ochish/sharhlash
2022-06-12 05:25:29 Faxr tuyg’usi

Shunday hissiyotlar borki ularni aslo so’z bilan ta’riflab bo’lmaydi. Hatto dunyodagi eng yovuz insonni ham ushbu hissiyotlar ta’sirlantira oladi deb o’ylayman.

- Men hali o’zim ota emasman, ammo o’g’li sababli faxrlangan otaning farzandiman;

- O’g’li televizorda qayta-qayta ko’rsatilganligi sababli faxrlangan onaning o’g’liman;

- Yuzlab insonlar oldida so’zga chiqqanini eshitib quvonchdan yig’lagan buvining nevarasiman;

- Nevarasi bosh vazir bilan qo’l berib ko’rishganidan xursand bo’lgan boboning nevarasiman;

- Sahnada so’zlagan nutqini hammaga maqtanib eshittirgan tog’aning jiyaniman;

- Dugonalariga bu mening akam deb maqtangan singillarning akasiman.


Bu narsalar aslida katta yutuq emasdur, ammo mana shu FAXR tuyg’usini yaqinlarim his qilganida barcha orzu-maqsadlarimni birgina shu tuyg’uga almashishga ham tayyor edim. Minglab dollarlar ham ushbu tuyg’uni oldida arzimas chaqaga aylanib qolishi mumkinligini his qildim.

Aslida buni hech qachon so’z bilan ta’riflab bo’lmaydi. Barchaga mana shu tuyg’uni his qilish nasib qilsin, axir hammamizning ham eng katta maqsadlarimizdan biri yaqinlarimiz faxrlanadigan inson bo’lish emasmi?

Siz qachon bu tuyg’uni his qilgansiz?

@farrukhsaliev
2.0K views02:25
Ochish/sharhlash
2022-06-10 13:10:47
O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning qulog’imga aytgan gaplari:

“Farrux senda potensial bor ekan. Men ham xuddi sendek oddiy oiladan chiqqanman, sen kabi mening ham ota-onam o’qishmagan, men ham sen kabi TATU da o’qiganman. Seni ko’rib esimga tushib ketdi. Seniyam qo’lingdan keladi mening lavozimimga chiqish. Senga ishonaman, harakatdan to’xtama.”

@farrukhsaliev
4.8K views10:10
Ochish/sharhlash
2022-06-10 12:47:37
Mingga yaqin insonlar oldidagi so’zlagan nutqim.

Qanday baho berasiz?

Hozir birozdan keyin shaxsan bosh vazir Abdulla Aripovning menga aytgan gaplarini yozaman.

@farrukhsaliev
1.9K views09:47
Ochish/sharhlash
2022-06-10 12:27:29
When I was declared the winner. The prime minister of Uzbekistan rewarded me.

My parents were there at the time.

Would you like to listen to my speech that I spoke in front of ministers?

@FarrukhsJourney
1.2K views09:27
Ochish/sharhlash
2022-06-09 16:36:10 Ertaga IT sohasi bo’yicha yirik yig’ilish bo’lib o’tadi. Bu tadbirda vazirlar, hokim, universitet rektorlari, chet ellik mehmonlar va boshqa yuqori martabadagi ko’pgina insonlar ishtirok etishadi.

Men ham ushbu tadbirda qatnashaman va eng qizig’i shuncha yuzlab insonlar oldida so’zga chiqaman (biroz hayajonli).

Rostini aytsam xursandman, chunki ertaga O’zbekiston bosh vazirining yonlarida birga o’tirib, shaxsan o’zlarining qo’llaridan sovg’alar olar ekanman. Televizorda ham qo’yiladi, alohida intervyu ham berar ekanman.

Qo’shimcha ma’lumotlarni ertaga aytaman.

@farrukhsaliev
1.4K views13:36
Ochish/sharhlash
2022-06-09 14:55:06 Bugun TATU rektori Baxtiyor Mahkamov va IT Park direktori Farhod Ibragimov bilan yaqindan tanishib oldim, birga ancha suhbatlashdik. Ertaga esa O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan yonma-yon o’tirish nasib qiladi.

Odatda unaqa katta lavozimdagi insonlar juda jiddiy va ular oddiy odamlardan boshqacharoq bo’ladi deb o’ylar edim. Kundalik hayotda ular ham biz kabi oddiy va samimiy insonlar ekan.

@farrukhsaliev
1.3K viewsedited  11:55
Ochish/sharhlash