Get Mystery Box with random crypto!

Faxr tuyg’usi Shunday hissiyotlar borki ularni aslo so’z bila | Farrukh Saliev | Blog

Faxr tuyg’usi

Shunday hissiyotlar borki ularni aslo so’z bilan ta’riflab bo’lmaydi. Hatto dunyodagi eng yovuz insonni ham ushbu hissiyotlar ta’sirlantira oladi deb o’ylayman.

- Men hali o’zim ota emasman, ammo o’g’li sababli faxrlangan otaning farzandiman;

- O’g’li televizorda qayta-qayta ko’rsatilganligi sababli faxrlangan onaning o’g’liman;

- Yuzlab insonlar oldida so’zga chiqqanini eshitib quvonchdan yig’lagan buvining nevarasiman;

- Nevarasi bosh vazir bilan qo’l berib ko’rishganidan xursand bo’lgan boboning nevarasiman;

- Sahnada so’zlagan nutqini hammaga maqtanib eshittirgan tog’aning jiyaniman;

- Dugonalariga bu mening akam deb maqtangan singillarning akasiman.


Bu narsalar aslida katta yutuq emasdur, ammo mana shu FAXR tuyg’usini yaqinlarim his qilganida barcha orzu-maqsadlarimni birgina shu tuyg’uga almashishga ham tayyor edim. Minglab dollarlar ham ushbu tuyg’uni oldida arzimas chaqaga aylanib qolishi mumkinligini his qildim.

Aslida buni hech qachon so’z bilan ta’riflab bo’lmaydi. Barchaga mana shu tuyg’uni his qilish nasib qilsin, axir hammamizning ham eng katta maqsadlarimizdan biri yaqinlarimiz faxrlanadigan inson bo’lish emasmi?

Siz qachon bu tuyg’uni his qilgansiz?

@farrukhsaliev