Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo-texnologiya fakulteti

Telegram kanalining logotibi farpikimyofak — Kimyo-texnologiya fakulteti K
Telegram kanalining logotibi farpikimyofak — Kimyo-texnologiya fakulteti
Kanal manzili: @farpikimyofak
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 168

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-10-09 18:58:10 DIQQAT E’LON

"YIL TALABASI" RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVINING OLIY TAʼLIM BOSQICHIGA START BERILDI.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boyicha otkaziladi:

-nominatsiya - "Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi";
-nominatsiya-"Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi";
-nominatsiya-"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";
-nominatsiya-"Yilning eng faol sportchi talabasi";
-nominatsiya-"Yilning eng faol iqtidorli talabasi";
-nominatsiya-"Yilning eng faol ijodkor talabasi";
-nominatsiya-"Yilning eng faol tadbirkor talabasi" .

Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o'ringa sazovor bo'lgan), g'oliblikni qo'lga kiritgan nomzodlar tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash boyicha dekan o'rinbosariga 20-oktabrgacha murojaat qilishingiz mumkin.

1-orin sohibi - BHM ning 8 barobari;
2-orin sohibi - BHM ning 6 barobari;
3-orin sohibi - BHM ning 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy rag`batlantiriladi.

@farpistudentlife
59 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 15:58
Ochish/sharhlash
2022-10-08 07:57:43
Ishga taklif etamiz

"ILM IZLANUVCHILAR" MARKAZI

Kerakli mutaxassis:
Muharrir

Boʻsh ish oʻrni: 10
Ish vaqti: online
Oylik maosh: 1 000 000dan 3 000 000gacha topsa boʻladi

Talab etiladi:
Shaxsiy Kompyuteri va Interneti boʻlishi kerak
Bilimli va ona tilidan xabari boʻlishi kerak

Qulayliklari:
Uyda online ishlash imkoniyati
Yuqori oylik maosh
Ahl jamoa

Manzil: Fargʻona shahri

Murojaat uchun telefon:
+998979604737
Telegramm:
@Xolahmad
https://t.me/Science_Researchers_Center
https://t.me/+V7OCAvNKoFxjMjc6
13 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 04:57
Ochish/sharhlash
2022-10-07 18:24:45
Кимё бўйича Нобель мукофотини америкалик олимлар Каролин Бертоцци ва Барри Шарплесс, шунингдек даниялик Мортен Мелдаллар олишди.

Мукофот уларга молекулаларни тезкор синтезлашнинг янги мутоди учун берилди.
61 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 15:24
Ochish/sharhlash
2022-10-05 11:39:38 #diqqat
#tanlov

Yil talabasi-2022 da ishtirok eting

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan hamda yuqori natijalarga erishgan talaba-yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Yil talabasi-2022” Respublika tanlovi oʻtkaziladi

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
“Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi”;
“Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi”;
“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”;
“Yilning eng faol sportchi talabasi”;
“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”;
“Yilning eng faol ijodkor talabasi”;
“Yilning eng faol tadbirkor talabasi”.


Tanlovning oliy taʼlim muassasasi bosqichi oktabr oyida oʻtkaziladi. Tanlovda bakalavriatning 2-3-4 bosqich talabalari ishtirok etadi.

Hujjatlar har bir fakultet dekan YBIB dekan muovinlari tomonidan 20-oktabrgacha muddatda yig'iladi.

BHMning 8 barobari miqdorida,
BHMning 6 barobari miqdorida
BHMning 4 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi.
@farpiyoshlar
65 viewsAbbos Hoshimov, 08:39
Ochish/sharhlash
2022-10-02 14:33:15
#Sen_yashashga_haqlisan
#aksiya

Qadrli FarPI oilasi, fidoyi va jonkuyar yoshlari!

FarPI oilasi tomonidan "Sen yashashga haqlisan bolajon!" shiori ostida shifoxonalarda bemor yotgan, hayotdan umidini uzolmay kurashayotgan bemor bolajonlar, jismoniy imkoniyati cheklangan, ammo cheksiz iroda sohiblari bo‘lgan turli yoshdagi hayotning turfa sinovlaridan mardona o‘tayotgan, taqdir zarbalari o‘yinida doimo g‘olib bo‘lib yashayotgan katta jasorat egalari uchun xayriya, qon quyish aksiyasi tashkil etilmoqda.

Agar Siz ham aksiyada qatnashishni istasangiz, 3-oktyabr kuni soat 09:00 dan boshlab institut med-punkit markaziga *shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (asli) bilan kelib aksiyada qatnashingiz mumkin.
*Vazni 50÷60 kg dan oshiq boʻlishi talab etiladi!.

Aziz FarPI oilasi, kimningdir umr chirog‘i o‘chmasligini, mustar zamondoshingiz yuziga, ko‘ziga g‘amu anduh soya sola olmasligini istasangiz xayrli ishga shoshiling!
Zero, Sizning qoningiz kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin!
@farpiyoshlar
57 viewsAbbos Hoshimov, 11:33
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:10:27
#rektor_tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Avvalo, siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda siz, zahmatkash ustozlarga ko‘nglimizda, yuragimizda bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni so‘z bilan to‘liq ifoda etish qiyin, albatta. Chunki sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga bezavol yetkazish yo‘lida chinakam fidoyilik ko‘rsatib mehnat qilayotgan ulug‘ insonlarsiz. Bu ulkan boylik — aql-zakovat va ilm, bu o‘lmas meros — yaxshi tarbiyadir.

Batafsil

@farpiyoshlar
87 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 03:10
Ochish/sharhlash
2022-10-01 04:26:25
Азиз ва жонкуяр устозлар!

Сизларни бугунги қутлуғ айём — “Ўқитувчи ва мураббийлар куни” билан самимий муборакбод этаман. Машаққатли ва масъулиятли фаолиятингизда ютуқлар ҳамиша ёр бўлсин!

Илм йўлидаги шижоатингиз, метин иродангиз, тоғдек сабрингиз, билим уммонидаги сабоғингиз доимо сарбаланд бўлиб, сиҳат-саломатлик, оилавий хотиржамлик, тинчлик ва фаровон ҳаёт ҳамиша ҳамроҳингизга айлансин!

Ҳурмат билан Ферузахон Ваҳобова

http://t.me/farpistudentlife
68 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 01:26
Ochish/sharhlash
2022-09-27 18:28:13
Oliy ta'lim muassasalarimizning reytingi
86 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 15:28
Ochish/sharhlash
2022-09-19 17:57:33Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали Мустақиллик таълим гранти эълон қилади

2 йил аввал яхши ниятлар билан MetsenatUz лойиҳасини бошлагандик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди.

Аллоҳга шукр, мамнуният билан навбатдаги таълим грантини эълон қилмоқчимиз.

Мустақиллигимизнинг 31 йиллиги муносабати билан XushnudbekUz Телеграм канали эълон қилган таълим грантида 31 нафар талабага 5 млн сўмдан, жами 155 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи, кечки ва масофавий
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 31 нафар (бунинг 5 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 5 млн сўм (жами 155 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 30 сентябрь

ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: аризалар тўлиқлигича электрон тизим орқали қабул қилиниши туфайли, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, мана бу ерда изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


@xushnudbek
379 views𝑫𝒊𝒍𝒎𝒖𝒓𝒐𝒅 𝑻𝒐'𝒚𝒄𝒉𝒊𝒚𝒆𝒗, 14:57
Ochish/sharhlash
2022-09-19 07:12:03 #diqqat

Institutimiz talabalari uchun yana bir imkoniyat!

Siz oʻzingizni suxandon yokida notiq deb hisoblaysizmi?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun.

Imkoniyatdan barcha talabalar foydalanishi mumkin, yaʼni yigit-qizlar
Batafsil maʼlumot
Tel: +998905063876
Xamidullo Xabibullayev

Bizdan yiroqlashmang @farpiyoshlar
102 viewsAbbos Hoshimov, 04:12
Ochish/sharhlash