Get Mystery Box with random crypto!

Kimyo-texnologiya fakulteti

Telegram kanalining logotibi farpikimyofak — Kimyo-texnologiya fakulteti K
Telegram kanalining logotibi farpikimyofak — Kimyo-texnologiya fakulteti
Kanal manzili: @farpikimyofak
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 168

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-01-14 08:00:11 #2_kitob

"Qishning 4 kitobi" onlayn tanlovimizning 2-kitobi Malala Yusufzoyning "Men Malalaman" asari, test kunini aytamiz.

Barchaga yoqimli mutolaa
@farpiyoshlar
36 viewsAbbos Hoshimov, 05:00
Ochish/sharhlash
2023-01-11 10:29:16 #diqqat_tanlov

14-yanvar Vatan himoyichilari kuni munosabati bilan yana bir onlayn tanlov eʼlon qilamiz.

Tanlov nizomi bilan tanishing https://telegra.ph/14-yanvar-01-11

@farpiyoshlar
84 viewsAbbos Hoshimov, 07:29
Ochish/sharhlash
2023-01-08 17:22:34
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Kitobxon yoshlar” tanlovida ishtirok eting va pul yutuqlarini yutib oling! Tanlov sovrin jamg‘armasi 50 million so‘m.

Tanlovda ishtirok etish uchun
https://t.me/kitobtanlovbot?start=1226127062
72 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 14:22
Ochish/sharhlash
2023-01-06 16:57:34 инглизча варианти топилди
ўзбекча қоғоз ҳолати учун китоб дўконларига мурожаат қилиш лозим!
66 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 13:57
Ochish/sharhlash
2023-01-06 16:57:33 #diqqat_tanlov

Qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etiladigan “Qishning 4 kitobi” nomli onlayn kitobxonlik tanlov

NIZOMI

Tanlovni tashkil etish tartibi

2.1. Institutda mazkur “Qishning 4 kitobi” tanlovi test shaklida o‘tkazilishi belgilanadi. Tanlovda institutda tahsil olayotgan barcha talabalar (bakalavriat, magistratura, sirtqi va kechki ta’lim) hamda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.
2.2. Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar https://t.me/farpiyoshlar kanaliga a’zo bo‘lishlari talab etiladi. Bunda 2022 yil davomida eng ko‘p o‘qilgan va elektron savdosi yuqori bo‘lgan 4 ta badiiy kitob tanlanib, har hafta 1 ta kitob o‘qishga tavsiya etiladi hamda hafta yakunida 15 tadan test olinadi. Yakunda eng tez va aniq ishlagan talabgor g‘olib bo‘lib, moddiy rag‘batlantirishga tavsiya etiladi.
2.3. Tanlov 2023 yil 6-yanvar kunidan 3-fevral kuniga qadar o‘tkaziladi.
2.4. Tanlovda ishtirok etadigan badiiy kitoblar ro‘yxati va test o‘tkazilish sanalari https://t.me/farpiyoshlar telegram kanalida e’lon qilinadi.
Har bir badiiy kitob yuzasidan ishlangan test natijalari bo‘yicha alohida 1,2,3-o‘rin sohiblari aniqlanadi va taqdirlanadi.

Gʻoliblarni taqdirlash

3.1. Guruhida eng ko‘p ishtirok etgan 1,2,3 nafar tyutorlarga “Eng faol tyutor” nominatsiyasi bo‘yicha faxriy yorliq, tanlov g‘oliblari bo‘lgan talabalarga I, II, III darajali diplomlar institut rahbariyati tomonidan har biriga talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1-o‘ringa bazaviy stipendiyaning bir barobari, 2-o‘ringa bazaviy stipendiyaning 0.75 miqdori hamda 3-o‘ringa bazaviy stipendiyaning yarim barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

Demak tanlovga bugundan start beramiz.
1-kitob Jeyms Klirning "Atom odatlar" asaridan, testlar 13-yanvar kuni soat 19:00 dan boshlanadi.

Barchaga omad
@farpiyoshlar
68 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 13:57
Ochish/sharhlash
2023-01-06 06:27:22
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
75 viewsDilmurodbek Toʻychiyev, 03:27
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:20:48
#talabaga_yengillik

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.


Срок оплаты контрактов на обучение в вузах продлён до 20 января 2023 года

На основании соответствующего решения Государственной комиссии срок оплаты контрактов в высших образовательных учреждениях для абитуриентов, рекомендованных к обучению на платно-контрактной основе по программам бакалавриата высших учебных заведений, специальностей магистратуры на 2022/2023 учебный год, а также для студентов по дифференцированным ставкам, переводящихся (восстанавливающих) и возобновляющих обучение, продлён до 20 января 2023 года.

Также согласно решению будет учтена оплата, осуществленная после 10 декабря 2022 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
79 views𝑫𝒊𝒍𝒎𝒖𝒓𝒐𝒅 𝑻𝒐'𝒚𝒄𝒉𝒊𝒚𝒆𝒗, 14:20
Ochish/sharhlash
2023-01-04 20:27:11 #Jarayon_jadvali

Barcha 1-bosqich talabalariga hamda
MMF: TMJ yoʻnalishi 4-bosqich talabalariga;
IChB: Iqtisodiyot, Menejment 3-4 bosqich
KT: 3-4 bosqich, OOT 4-bosqich talabalariga dars mashgʻulotlari 30-yanvardan boshlanadi.

Qolgan yoʻnalishlardagi talabalarning yillik dars mashgʻulotlari yuqoridagi faylda koʻrsatib oʻtilgan.

* - har bir katakcha 1 haftaga to'g'ri keladi
T - taʼtil vaqti;
M - malakaviy amaliyot;
A - atestatsiya

Shu munosabat bilan TTJ(talabalar turar joy)lari dars mashgʻulotlari boshlanishidan 2 kun oldin oʻz faoliyatini boshlaydi.
@farpiyoshlar
47 views𝘍𝘦𝘳𝘶𝘻𝘢𝘹𝘰𝘯 𝘝𝘢𝘩𝘰𝘣𝘰𝘷𝘢, 17:27
Ochish/sharhlash
2023-01-04 14:46:07
#diqqat_tanlov

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 10 nafargacha boʻlgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda jamoalar oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashadilar:
1-sharti: “Adib hayoti” koʻrgazmali taqdimot chiqish;
2-shart: Tezkor savol-javob;
3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

Mintaqaviy bosqichda gʻolib boʻlgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi gʻoliblari esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
1-oʻrin 40 million soʻm;
2-oʻrin 25 million soʻm;
3-oʻrin 20 million soʻm;
4-oʻrin 10 million soʻm;
5-oʻrin 5 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar oʻzi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

Tanlov nizomi

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
51 views𝑫𝒊𝒍𝒎𝒖𝒓𝒐𝒅 𝑻𝒐'𝒚𝒄𝒉𝒊𝒚𝒆𝒗, 11:46
Ochish/sharhlash
2023-01-03 20:26:28 Magistraturaga qishki qabul 10-yanvargacha davom etadi. Xorijiy til sertifikati albatta boʻlishi kerak, faqat minimal daraja hozircha talab etilmaydi

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qishki qabul 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn boʻlib oʻtadi. Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi. Yaʼni bu safar ham kirish imtihonlari boʻlmaydi.

Xorijiy sertifikat boʻyicha istisno qilinadi

Tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilgan sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Bu nima degani?

Demak, qishki qabulda ham til bilish darajasini belgilovchi sertifikat soʻraladi. Sertifkatsiz qabul boʻlmaydi. Ammo minimal talab boʻlmasa ham istisno qilinadi. Amaldagi tartibga koʻra, abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega boʻlish kerak. Endilikda, masalan, B1 darajali sertifikat bilan ham magistraturaga kirsa boʻladi.

Asosiy sharti, toki oʻqishni tugatguncha, talab etilgandek C1 yoki B2 sertifikat olishga majbur. Yoʻqsa yakuniy attestatsiyaga kiritilmaydi. Boshqacha aytganda, toki kerakli sertifikatni olmaguncha magistr diplomi berilmaydi.
74 views𝑫𝒊𝒍𝒎𝒖𝒓𝒐𝒅 𝑻𝒐'𝒚𝒄𝒉𝒊𝒚𝒆𝒗, 17:26
Ochish/sharhlash