Get Mystery Box with random crypto!

Farg'ona davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi farduatm — Farg'ona davlat universiteti F
Telegram kanalining logotibi farduatm — Farg'ona davlat universiteti
Kanal manzili: @farduatm
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.40K
Kanalning ta’rifi

📧E-mail: fardu_info@umail.uz
🌐Rasmiy sayti: www.fdu.uz
https://t.me/Farduyoshlari_chat
Kanal faoliyati 2018-yil 27-yanvar sanasidan boshlangan.
Murojat va reklama uchun:
@fardurech

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-12-01 17:03:56
Assalomu Alaykum!
Yangi Markazimizga Yangi O'qituvchilar qabul qilamiz.
RUS TILI ( grammatika) O'qituvchisi
RUS TILI( Prodlyonka)O'qituvchisi
INGLIZ TILI (evro)(nat) O'qituvchisi
Ishga masuliyatli va Intiluvchan bo'lishi kerak. Oylik maoshi suhbatda aytiladi.
Murojat uchun tel: +998916671814
@Odette1814
63.8K viewsIkromov Dilyorbek, 14:03
Ochish/sharhlash
2023-12-01 15:46:31
#Magistratura_boʻlimi

TAYINLOV:MAGISTRATURA BO`LIMIDA YANGI BO`LIM BOSHLIG`I ISH BOSHLADI

Magistratura bo`limida Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammedov boshchiligida "Tayinlov Kengashi" o'tkazildi.

Kengashda Magistratura bo`limi boshlig`i T.f.n.dotsent. Q.Sulaymanov o`rniga P.f.b.f.d (PhD) A.G`ofurov boshlig`i etib tayinlandi.
36.0K viewsIkromov Dilyorbek, 12:46
Ochish/sharhlash
2023-12-01 14:46:26
#Tadbir

Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni!

1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan san'atshunoslik fakulteti talabalari bilan birgalikda targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etganlar bu illatning jamiyat hayotiga xafliligi va uni oldini olish borasidagi ishlarni yanada jonlantirishning ahamiyatini chuqur his qilishdi.
41.2K viewsIkromov Dilyorbek, 11:46
Ochish/sharhlash
2023-12-01 13:30:53
Pedagogika va psixologiya fakulteti tyutorlari tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Farg‘ona shahar 21-sonli imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari holidan habar olishdi.
39.9K viewsMurodullo Saydullayev , 10:30
Ochish/sharhlash
2023-11-29 19:20:28
FFL-24 |


Yangi yil ligasi 6-tur bahslari o'tkazildi.

Joriy yilning 29-noyabr Chet tillari fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi hamda Intellektual loyihalar yo'nalishi koordinatori hamkorligida Zakovat ligasining navbatdagi tur o'yinlari tashkil etildi.

Ligada talaba-yoshlardan iborat 7 ta jamoa oʻzaro bahs olib bordi va natijalar doimgidek yangi yil turniriga qo'shib hisoblab boriladi.

Kunlar sovib ketmoqda, bizning Zakovat o'yinlari esa sizga qaynoq kayfiyat ulasha oladi. Keling, qatnashing va o'zingiz bunga guvoh bo'ling!
21.3K viewsIkromov Dilyorbek, 16:20
Ochish/sharhlash
2023-11-29 18:46:55
Фарғонада жамоат транспортида қулай тарифлар ва электрон тўловлар жорий этилмоқда
21.5K views*, 15:46
Ochish/sharhlash
2023-11-29 18:32:10
#honor

Hurmatli do'stlar va qadrli talabalar!

Farg‘ona davlat universiteti, Axborot-resurs markazi:

Bu yerda biz bilim olish uchun qulay sharoitlardan bahramand bo'lishimiz mumkin.

Axborot-resurs markazi ham o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlaydi. Kirish-chiqish ro'yxati va kuzatuv kameralari tufayli biz o’zimizni himoyalangan va xotirjam his qilamiz. Bu bizning muvaffaqiyatimiz uchun muhimdir.

Bu yerda bilim va ko‘nikmalarimizni kengaytirish uchun axborot texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishimiz mumkin.

Barchangizni, do‘stlar va siz aziz, yoshlar uchun yaratilgan ushbu ajoyib imkoniyatlardan foydalanishda taklif qilaman. O'z bilim va tajribangizni baham ko'rish orqali talabalar safini to’diring. Yangi O'zbekistonda ilg'or bo'ling va Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo'shing.

Barchangizga e'tiboringiz va samimiyat uchun minnatdorchilik bildiraman!

Eng yaxshi tilaklar va ehtirom ila , Ingliz tili va adabiyoti yoshlar yetakchisi Anvarbekov Yaxyobek.

@ellf_youthunion
17.7K viewsMurodullo Saydullayev , 15:32
Ochish/sharhlash
2023-11-29 15:34:53
FDU - 24I #Xushxabar

Chet tillari fakulteti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari G‘ulomov Doniyorbek Dilshodjon o‘g‘lining 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek romanlarida syujetning retrospektiv tipi va uning badiiy-estetik funksiyasi” mavzusidagi  filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli  Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda 100% ovoz bilan ochiq himoyaga tavsiya etildi.
28.7K viewsIkromov Dilyorbek, 12:34
Ochish/sharhlash
2023-11-29 13:43:03
FDU - BIRTHDAY | BUGUN SIZNING TUG‘ILGAN KUNINGIZ!

2023-YIL  29 – NOYABR...

Bugun - Farg‘ona davlat universitetida mehnat qilayotgan jamoadoshlarimiz: 

Fizika-texnika fakulteti, Fizika kafedrasi dotsenti, Fizika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Yakubova Shohidaxon Kadirovna;

Jismoniy madaniyat fakulteti, Sport o’yinlari kafedrasi katta o’qituvchisi Islomov Islomxo’ja Azimxo’jayevich;

San`atshunoslik fakulteti, Vokal va cholg'u ijrochiligi kafedrasi o’qituvchisi Kaxxorova Xurshidaxon Gafurovna;

Sirtqi bo’lim, Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi Usmonova Odinaxon Sobirovna;

Universitet Axborot-Resurs markazi ikkinchi toifali kutubxonachisi Qurbonova Mashxuraxon Abdurasulovnalarning tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Rektor rasmiy blogi
@shermuhammadovfardu
39.5K views*, 10:43
Ochish/sharhlash
2023-11-26 18:05:25
Talabalar uchun universal karta joriy etildi

Batafsil videoda, talabalarga yuborib qo‘ying.
19.0K viewsIkromov Dilyorbek, 15:05
Ochish/sharhlash