Get Mystery Box with random crypto!

Farg'ona Davlat Universiteti | Rasmiy✅

Telegram kanalining logotibi fardu_rasmiy_kanali — Farg'ona Davlat Universiteti | Rasmiy✅ F
Telegram kanalining logotibi fardu_rasmiy_kanali — Farg'ona Davlat Universiteti | Rasmiy✅
Kanal manzili: @fardu_rasmiy_kanali
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.78K
Kanalning ta’rifi

📧E-mail: fardu_info@umail.uz
🌐Rasmiy sayti: www.fdu.uz
☎️Tel: ( 99873) 244-44-91
🖨Faks: ( 99873) 244-44-93
Universitetimizdagi eng so'nggi yangiliklar bizning kanalda!
Reklama uchun: @FarDU_admin
Muloqot guruhi: https://t.me/FarDU_kanali_guruhi

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 20:16:50 ​​​ Talabalikka tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni oliygohiga taqdim etadi!

Rektor nomiga ariza;
Pasport nusxasi (asli koʻrsatilgan holda;
Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli;
3,5x4,5 foto surat 6 ta;
Talabalar turar joyi uchun (OTM belgilagan tartibda) ariza;
Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning aslini;
Roʻyxatdan oʻtkazilgandagi abituriyent qayd varaqasi.


@Tabiiy_FarDU
129 viewsJamshidbek Yoqubov, 17:16
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:35:53 #Qabul2022 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
229 viewsJamshidbek Yoqubov, 14:35
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:03:21 Берилаётган айрим саволларга жавоблар:
#abituriyent

Мактабнинг 9 ёки 10-синфини ёхуд лицейнинг 1-курсини тугатиб, абитуриент сифатида тестга кириб, етарли балл тўплаган ўқувчилар талаба бўла оладими?
ЖАВОБ:
йўқ, бўла олмайди. Чунки унда ўрта маълумотни тугатгани ҳақида шаҳодатнома (диплом) йўқ.

***

Ўқишга кириш учун етарли балл тўплаган абитуриентлар ўзининг жойидан воз кечиб, ўқишга кира олмаган бошқа абитуриентга жойини сотса бўладими?
ЖАВОБ: Йўқ, бунақа имконият мавжуд эмас. Ҳеч ким бировнинг ўрнида ўқий олмайди.

***

Агар абитуриент ўқишга кириб, турли сабабларга кўра ўқимасдан ташлаб кетса, унда ўқишга кира олмаган пастдаги абитуриент унинг ўрнига кўтариладими?
ЖАВОБ:
йўқ, ўқишни ташлаб кетганлар ўрни очиқ қолади, пастдагилар унинг ўрнига кўтарилмайди.

Агар тўловини амалга оширса, пулга балл сотиб олса бўладими?
ЖАВОБ: бунақа амалиёт мавжуд эмас ва илгари ҳам бўлмаган. Илоҳим, келгусида ҳам бўлмасин.
167 viewsJamshidbek Yoqubov, 13:03
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:02:17 Бешта йўналишдан исталган бирини танласа бўладими?

ЖАВОБ: Йўқ, танлаб бўлмайди.

Кўпчилик бешта йўналишга ҳам балим етган бўлса, исталган бирини танлаб ўқийман, деб ўйлаяпти. Бу хато фикр.

Абитуриентлар ҳужжат топшираётганда устуворликни белгилаган ҳолда бешта йўналишни кетма-кет танлашган. Шунингдек, давлат гранти ва тўлов-контракти бўйича ҳам устуворликни аллақачон белгилаб бўлишган.

Энди якуний жавоблар чиққандан кейин абитуриентлар ўқишга кирган йўналишларини ўзгартира олишмайди. Устуворлик бўйича қайси йўналишга кирганини компьютернинг ўзи белгилаб беради. Mandat.dtm.uz сайтида қайси йўналишнинг усти яшил, сариқ ёки қизил рангга бўялиб турган бўлса, ўша йўналишга кирган бўлади. Пастда ҳам кирган йўналиши номи ёзилган бўлади. Буни ўзгартириб бўлмайди.

Шунингдек, айримлар аллақачон "перевод" ҳақида ўйлашни бошлади. Мен фалон жойга кирибман, шуни 1 йилдан кейин пистон жойга кўчира оламанми, деган саволлар ҳам кўпайди. Йўқ, бўлмайди. Переводни ўйлаб ўтирманг. Агар ҳозир ўқишга кирган жойингиз ёқмаса ёки узоқлик қилса, 4 йил қийналгандан кўра, ўқимай қўя қолинг. Бунақа жойни бошиданоқ танламаслик керак эди. Бешта йўналиш танлаш бу сизга берилган ҳуқуқ, лекин мажбурият эмас.


@xushnudbek
156 viewsJamshidbek Yoqubov, 13:02
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:00:51
161 viewsJamshidbek Yoqubov, 13:00
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:39:41
2022/2023 ўқув йили учун республика олий таълим муассасалари бакалавриат таълим йўналишлари (магистратура мутахассисликлари) бўйича битта талабани тўлов-контракт шаклида бир йиллик ўқитиш қиймати миқдори

ПДФ шаклида юклаш

@Tabiiy_FarDU
165 viewsJamshidbek Yoqubov, 18:39
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:18:56 Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Prezidentimizning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan, talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi natijasida 2022/2023-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

@alisher_sadullaev
216 viewsJamshidbek Yoqubov, 18:18
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:13:09 Farg'ona Davlat Universiteti | Rasmiy pinned « RASMAN: Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish…»
18:13
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:13:05 Farg'ona Davlat Universiteti | Rasmiy pinned «MANDAT CHIQDI!»
18:13
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:11:42 RASMAN: Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
219 viewsJamshidbek Yoqubov, 18:11
Ochish/sharhlash