Get Mystery Box with random crypto!

ELCOM

Telegram kanalining logotibi elcom_group — ELCOM E
Telegram kanalining logotibi elcom_group — ELCOM
Kanal manzili: @elcom_group
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.26K
Kanalning ta’rifi

Guruhimiz:
https://t.me/ 0gKYIYpAlZBmMTZi
YouTube:
https://www.youtube.com/channel/UCb1F5CyKZ2R_ppfC8zwvHsQ
Elektronika va Elektrotexnikadan o'zbekcha video-darslar. @ELCOM_video_bot

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2022-09-01 06:36:28 Elcom gruop butun oʻzbekiston ahlini mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami bilan tabriklaydi. Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin
350 viewsMuxriddin Qurbonov Gidroenergetik, 03:36
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:01:28 Assalom-u alaykum.
Ushbu kanalimizda ilk bor ovozli chat tashkillashtiryapmiz.
Bu avval guruhimizda bo'lgan ovozli chatlardan farq qiladi.
Ovozli chat boshlanguncha
savollaringizni ushbu postning izoh qismiga yozib qoldiring.
E'tibor qiling: ovozli chatda faqat shu post ostidagi izohlarga yozilgan savollar ko'rib chiqiladi.

Qanday savolingiz bor?
462 viewsIslomjon Sharipov, 11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-30 13:49:33
729 viewsShahobiddin, 10:49
Ochish/sharhlash
2022-08-29 08:23:30 #Савол: (Муаддин)
Ассаломму алайкум группадошлар.Сог саломат юрибсизларми чарчамасдан.Талабаликка кабул килинган ёшларимизни,ота оналарини ва устозларини табриклайман.Битта саволим бор эди.Мактаб темир панжарасига чирок урнатиш керак.Таги бетон,бир тарафи бетон тротуар иккинчи тарафи  0,5 м пастда бог булиб арикча утган.Арикчагача хам бетон.Панжаранинг баландлиги 1,70-2 м атрофида узунлиги 70 м.ПУЭ буйича проводани каердан тортишим керак чирокларга.

#Жавоб:
Ва алайкум ассалом ва рохматуллох. Ташқи ёритиш чироқлари учун, икки хил усулдан фойдаланиб ётқизилади.

Ер остида, анча мураккаб ва қийин усул, кўп ҳолларда махсус техникадан фойдаланиш зарурати бўлади. Кабель жуда кўп сарфланади. Афзаллик тарафи, қуёш нури ва оби ҳаво шароити тасиридан асрайди.

Ҳаводан ётқизиш осон усул ҳисобланади. Кабель маркасини, тўғри танланса бўлгани.

Сизда, панжаралар учун ёритиш чироқлари ўрнатиш учун, кабелни ер остида ётқизишишга эҳтиёж йўқ.

Ҳаво орқали кабель ётқизилганда оби ҳаво, ёмғир шамол, қуёш нури таъсирини эътиборга қилиш керак. Шунинг учун ташқи ёритиш учун узоқ вақт ишловчи хавфсизликни таъминловчи кабель маркаси қўлланилади.

Кабель ҳимоясига ташқи тасирларга чидамли қора рангдаги гофрадан фойдаланиш мақсадга мувофиқ.
Кабелларни уланадиган жойлари кабель изоляциясини бутун қисмига тенг даражада изоляция қилиши керак.
Агар светилникни ўзида кабелларни улаш учун нўш жой оз бўлса коробкадан фойдаланилади.

Шу нарсага эътибор беринг, скрутка усулида улаб изоленталаш таъқиқланади. Очиқ контактларни бундай изоляциялаш хавфли ҳисобланади, чунки изолентага сув тегса клейидан ажрайди, натижада қисқа туташув юзага келади. Скрутка ўрнига ваго клемникларида фойдаланинг.

@elcom_group
491 viewsShahobiddin, edited  05:23
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:36:08
Quyosh+shamol, gibrid generatori.
694 viewsShahobiddin, 13:36
Ochish/sharhlash
2022-08-28 15:31:21 #Savol: ( Kevin McCallister )
Salom usta akalar manda bir savol bor edi. Fazani rozetkadan olib nolni yerdan olsa boʻladimi Agar boʻlsa isteʼmol vaqtida schyotchik aylanadimi?

#Javob:
Faza bor boʻlsa-yu, nolni yerdan olinsa, bu inson hayoti uchun juda xavfli, faza yer bilan  ulanib qolsa, qadam kuchlanishiga tushib qolish ehtimoli bor, oqibat oʻlimga olib keladi.

Shuning uchun nolni yerdan olmasdan, faza va noldan iborat koʻp kilometrlik elektr uzatish liniyalari tortiladi.

Bu usulni odatda elektr hisoblagichni aldash uchun qilingan ilgari.
Hozirgi elektr hisoblagichlarda, fazani oʻzini ulab,  nolni hisoblagichga ulamasdan yerdan olsangiz ham hisoblayveradi.

Bu tarzda elektr energiyasi tarmogʻiga ulanish va foydalanish, oʻgʻirlik deb qaraladi va jarimaga tortiladi.

@elcom_group
619 viewsShahobiddin, 12:31
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:08:52 shu jadvalni uqib tushnshga harakat qiling foydali buladi

@elcom_elektronika
757 viewsXISLATBEKPRO ELECTRIC₯₰ , 04:08
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:33:58 #Savol: (Alimardon)
Assalomu aleykum stabilizatorni uyga schetchikdan oldin qo'ygan ma'qulmi yoki schetchikdan keyin i???

#Javob: Agar siz mustaqil ravishda elektr hisoblagichdan avval elektr qurilmalarini ulasangiz hududiy elektr tarmoqlariga,  jarima to’lashga majbur bo’lasiz. PUEda aniq qilib yozib qo’ygan elekr xisoblagichdan avval kommutatsiya qurilmalarini ulashga ruxsat etilgan xolos.

Kuchlanish stabilizatorini samaradorligi taxminan 95% bo'lganligi sababli, o’zi iste’mol qilgan 10-60 Vt energiyani hech qanday tarzda hisobga olinmaydi. Katta ehtimol bilan, energiya ta'minoti tashkiloti yo'qotishlarni to'lashga rozi bo'lmaydi, shuning uchun bunday ulanish uchun ruxsat olish mumkin emas.

Hisoblagichdan avval o’rnatishga ruxsat bermasligiga sabab, stabilizatordan o’g’irlik qilish unchalik muammo emas, sizga esa korpusni har yeriga plomba qo’yib bermaydi.

Kuchlanish stabilizatorini hisoblagichdan keyin o’rnatilishiga yana bir sabab, u oddiy maishiy texnika guruhiga kiradi. Shuning uchun ham, elektr hisoblagichdan keyin ulanadi!

@elcom_group
699 viewsShahobiddin, 06:33
Ochish/sharhlash
2022-08-27 09:33:33
647 viewsShahobiddin, 06:33
Ochish/sharhlash
2022-08-26 18:33:23 Elektronikani o'rganish daraxt ekishga o'xshaydi, bu vaqt va muntazam sug'orishni talab qiladi.

Elektronikani o'rganish uchun qancha vaqt ketadi? Biz bir vaqtning o'zida elektronika haqida ko'p ma'lumotga ega bo'la olmaymiz. Shuning uchun, uni muntazam ravishda o'rganishga ozgina vaqt ajrating va , qanday daraxt ekkanligimizni bilib olaylik.

Boshlovchilar uchun o'rganishni turli usullari bor, yaxshi usuli bu "vaqt va ketma-ketlik". Agar maqsadga yetish olis bo'lsa, sekin yuring ammo ishonch bilan, albatta yetishasiz.

Boshlash ketma-ketligini, uchta bosqichga bo'lish mumkin.

1) Elektronika asoslari. Elektronikaning asoslari nima? Elektron komponentlar, chunki biz ulardan elektron sxemalarni tuzish uchun foydalanishimiz kerak. Agar siz nomlarini va ular qanday ishlashini bilmasak, ulardan foydalana olmas edik. Shuning uchun, biz rasmlari bilan birgalikda elektron komponentlar ro'yxatini o'qib chiqishimiz kerak.

2) Elektronikaning sxemalari, elektron komponentlarni belgilarini bilib olsangiz sxemotexnikada sxemani loyihalash, tuzish, ta'mirlash, o'zgartirish, o'rniga boshqasini qo'yish, o'rganishda ishlatilasiz.

3) Om qonuni orqali kuchlanish, tok va rezistorni Om qonuni orqali o'zaro bog'liqligini bilish mumkin va osongina suv oqimiga qiyoslab tushunsa bo'ladi. Bu formula yordamida zanjirdagi tokning harakati haqida to'liq tushunib olish mumkin.

@elcom_group
805 viewsShahobiddin, edited  15:33
Ochish/sharhlash