Get Mystery Box with random crypto!

Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish boʻyicha Yapon | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish boʻyicha Yaponiya tajribasi o’rganilmoqda

Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Atrof muhit muhofazasida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish boʻyicha Yaponiya tajribasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda onlayn formatda tashkil etilgan ushbu tadbirda dastlab Xosei universiteti (Tokio) professori Ryo Fujikuraning maʼruzasi tinglandi. Professor oʻz maʼruzasida atrof-muhit ifloslaninshining oldini olish boʻyicha Yaponiyada ilmiy yondoshuvlar asosida amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar haqida seminar ishtirokchilariga atroflicha maʼlumot berdi.

Ilmiy-amaliy seminarda shuningdek, atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish borasida ham fikr almashildi.

Taʼkidlash joizki, joriy yilning 22-25-fevral kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida “Iqlimga chidamlilik va tabiatga asoslangan ilmiy yechimlar” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtgan edi. Unda mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari qatorida Tabiat resurslari vazirligi masʼullari ham ishtirok etib, xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishgan holda oʻzaro ilmiy hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishgan edi. Mazkur seminar ana shu hamkorlik doirasida tashkil etilgan ilk amaliy ishlardan biri boʻldi.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site