Get Mystery Box with random crypto!

#Uzbekistan #Yaponiya Chiqindilardan samarali foydalanish m | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

#Uzbekistan #Yaponiya

Chiqindilardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

Tabiat resurslari vaziri A.Abduhakimov Yaponiyaning “ITOCHU” kompaniyasi O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Shotaro Nakayama bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar chiqindilarni qayta ishlash va tashish, chiqindilarni energiyaga aylantirish yo'nalishlarida qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalarida fikr almashishdi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan kelgusida qo‘shimcha muzokaralar va uchrashuvlar tashkil etishga kelishishdi.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site