Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi? Qonunchilikka koʻra, xatlov oʻtkazishda 100 yos | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

#Bilasizmi?

Qonunchilikka koʻra, xatlov oʻtkazishda 100 yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reyestr yuritilishi belgilangan.

Tabiat yodgorligi deb eʼlon qilingan daraxtlarni tashqi taʼsirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan 1 metrdan kam boʻlmagan masofada va balandligi 1 metr 20 santimetr boʻlgan metall panjara bilan oʻralishini taʼminlashi kerak.

Shuningdek, ushbu daraxtlar toʻgʻrisidagi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi (daraxtning nomi, uning yoshi, reyestr raqami, joylashgan manzili) maʼlumotni oʻz ichiga olgan yorliq metall panjaraga osib qoʻyilishi zarur.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site