Get Mystery Box with random crypto!

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha Samarqand, Jizzax, Qash | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° iliq bo’ladi.
Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-26° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.

http://www.hydromet.uz