Get Mystery Box with random crypto!

DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Telegram kanalining logotibi dtrdep — DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI D
Telegram kanalining logotibi dtrdep — DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
Kanal manzili: @dtrdep
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.02K
Kanalning ta’rifi

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rasmiy sahifasi

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-28 15:20:20
Birpas

Bolalikdagi sheʼriy mashqlarimning birida, shabboda, toʻxta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri, oʻzbek adabiy tilida bir pas degan soʻz yoʻq, bir nafas deyish kerak, deb oʻzi qizil qalam bilan toʻgʻrilab qoʻygan.

Koʻp yillar oʻtib Navoiyning “Layli va Majnun”ida shunday baytni koʻrdim:
Bir pos chu tundin oʻtdi ul xayl,
Tushluq tushi qildi uyqugʻa mayl.

Lugʻatlarda Pos — tunning sakkizdan biri, deb sharhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqchi — posbon, ruscha часовой maʼnosidagi atama boʻlib chiqdi.

Ajabki, oʻz soʻzimiz boʻlgan pos jahon kezib, yana oʻzimizga post shaklida, qoʻriqlanadigan joy, soqchining oʻrni hamda lavozim maʼnolarini olib qaytibdi...

Demak, oʻzbekning bir pasi bir soat boʻlar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan soʻzning maʼnosini oʻzingiz tushunavering.

Erkin Vohidov, “Soʻz latofati”.

P/S. Hozirgi til meʼyorlari boʻyicha bu soʻz qoʻshib yoziladi:
Bir pas
Birpas

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep
931 views12:20
Ochish/sharhlash
2022-07-08 13:08:36
#Maslahatchi_faoliyati #Maqola

MILLIY O‘ZLIGIMIZNING BOSH MEZONI.

“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur” - Abdulla Avloniy

O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat. Hozirda yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda.


BATAFSIL


Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
127 views10:08
Ochish/sharhlash
2022-07-08 12:49:10
#Maslahatchi_faoliyati

Shahar ko‘chalari bo‘ylab o‘rganish ishlari davom etmoqda…

Viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlati tili to‘g‘risidagi qonun ijrosini taʼminlash masalalar bo‘yicha maslahatchisi Ziyoda Aminova, Qarshi shahar hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlati tili to‘g‘risidagi qonun ijrosini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Orasta Tosheva, shuningdek, sohaga daxldor tashkilot masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan Qarshi shahri ko‘chalari bo‘ylab targ‘ibot ishlari olib borildi.



BATAFSIL

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
139 views09:49
Ochish/sharhlash
2022-07-08 12:38:48
#Madaniyat_karvoni

TIL – MA’NAVIY YUKSALISHNING ASOSI

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston — Inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida harakatlanayotgan “Madaniyat karvoni” Samarqand viloyatida bo‘lib turibdi.

Yozuvchi-shoirlar, ziyolilar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillaridan tarkib topgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi targ‘ibotchilari viloyatning barcha go‘shalarida davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. Galdagi tadbir Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan bo‘lib o‘tdi.


BATAFSIL

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
134 views09:38
Ochish/sharhlash
2022-07-08 08:59:06
#Maslahatchi_faoliyati

2022-yil 7-iyul kuni Sharof Rashidov tumani hokimining maslahatchisi H.Isroilova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish sohasidagi ishlar o'rganildi.

Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasidagi barcha tashqi yozuvlar monitoring qilindi hamda lotin va kirill yozuvlarida aralash o‘rnatilgan holatlari aniqlandi. Shuningdek, ish yuritish hujjatlaridagi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida qilingan xato va kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Aniqlangan xato va kamchliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
189 views05:59
Ochish/sharhlash
2022-07-07 12:26:06
#Maslahatchi_faoliyati

Davlat tilining nufuzini oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

6-iyul kuni "Вirinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ bo‘limlarida davlat tiliga asoslangan lotin alifbosida ish yuritilishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.


BATAFSIL

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
251 views09:26
Ochish/sharhlash
2022-07-07 10:14:01
#Maqola

Xalqaro standartlar davlat tiliga tarjima qilinmoqda.

O‘zbekiston Standartlar instituti mutaxassislari tomonidan hozirda qator xalqaro standartlarni davlat tiliga tarjima qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘zTTSA O‘zbekiston standartlar instituti matbuot xizmati.


BATAFSIL

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
1.6K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:49:36
#O'quv_mashg'ulot

Qishloq xo‘jaligi vazirligida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri J.A.Xodjayevning joriy yil 31-mayidagi 345-son topshirig‘iga asosan iyun oyida vazirlik markaziy apparati xodimlari "Davlat tilida ish yuritish asoslari” bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi. Markaziy apparat xodimlarining ushbu jarayon yakuni bo‘yicha olgan bilim, ko‘nikmalarini baholash hamda savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida diktant va insho sinovlarini belgilangan jadval asosida o‘tkazish boshlandi.

Ushbu sinov ishlari yakunlari tahlil qilinib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi hamda imlo qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirish talab etiladigan xodimlar aniqlanadi. Ular uchun qo‘shimcha ravishda alohida o‘quv rejasi asosida chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.



Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep


Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
348 views09:49
Ochish/sharhlash