Get Mystery Box with random crypto!

​​ 1-kurs talabalari 12-oktabrdan boshlanayotgan anʼanaviy taʼ | DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali

​​ 1-kurs talabalari 12-oktabrdan boshlanayotgan anʼanaviy taʼlim shaklidagi tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da kelishlari kerakligi aytildi

Xabaringiz bor, talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar — 1-kurs talabalarga 12-oktabrdan oliy taʼlim muassasalarida tanishuv darslari boshlanmoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot olish uchun bir qancha oliy taʼlim muassasasi bilan bogʻlandik.

Maʼlum qilinishicha, 1-kurs talabalar anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanayotgan tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da (formada) kelishlari kerakligi tavsiya etilgan.

Xususan, Toshkent davlat yuridik universiteti ham Telegramdagi rasmiy kanali orqali 1-kurs talabalari 12-oktabrdan tanishuv darslariga “rasmiy kiyim”da kelishini talab qilgan (rasm quyida).

Bundan tashqari, talabalar masofaviy o‘qish ko‘nikmalari va bilimlariga ega bo‘lish maqsadida internet tarmog‘iga ulangan noutbuk yoki smartfon olib kelishlari kerakligi, tibbiy niqobda bo‘lish, shaxsiy gigiyena va ijtimoiy masofani saqlashga qat’iy rioya etishlari tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish:
@DTMYangiliklar_UZ