Get Mystery Box with random crypto!

​​#Tezkor Onlayn darslar kelasi yilgacha davom etadi, ananaviy | DTM YANGILIKLAR || Rasmiy Kanali

​​#Tezkor
Onlayn darslar kelasi yilgacha davom etadi, ananaviy darslar hali beri boshlanmaydi!

Bizga talabalar tomonidan anʼanaviy taʼlim qachondan boshlanishi haqida koʻplab savollar keladi. Bu boʻyicha vazirlik biror joyda tayinli maʼlumot bermagan. Shundan soʻng, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidagi manbalarimiz bilan bogʻlandik va ushbu savollarga aniqlik kiritishga harakat qildik.

Maʼlum qilinishicha, kamida 2-semestrgacha oliy taʼlim muassasalari anʼanaviy taʼlimga qaytmaydi. Vazirlik rejasiga koʻra, talabalar joriy semestrni masofaviy (onlayn) shaklda boshlab, shu shaklda yakunlaydilar. Bundan tashqari, 2-semestrdan (fevraldan) ham anʼanaviy taʼlim aniq boshlanadi, deb ham maʼlumot bera olmasliklari aytildi . Negaki 2-semestr ham masofaviy (onlayn) shaklda davom etish ehtimoli mavjud ekan.

Shu oʻrinda qoʻshimcha qilinishicha, bu rejalar “yuqoridan” keladigan topshiriqlardan kelib chiqib mutlaqo oʻzgarib ketishi ham mumkin.

Manba: masofatalim

Barcha talabalar uchun
@DTMYangiliklar_UZ