2022-11-11 09:32:29
Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
noyabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladigan
test sinovi sanalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra test sinovining
yozma qismi
13-noyabr kuni,
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa
15-17-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini
my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin
shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.
Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari:
https://telegra.ph/Chet-tili-11-10Batafsil ma'lumothttps://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
5.1K views06:32