Get Mystery Box with random crypto!

Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿 D
Telegram kanalining logotibi dtmuzb_davlattestmarkazi_dtmuz — Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34.30K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi kanali.
Ishonch telefoni:
( 998 95) 199 19 14
🌐 dtm.uz
Reklama👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFU34pj__ttAuYXAZA

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 16

2021-03-29 11:46:15 ​​ Kvota-2021: davlat granti 25 foizga oshirilishi mumkin

“2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash ehtiyojmand oilalar qizlari uchun “ijtimoiy lift” tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant oʻrinlarini ikki barobarga oshirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, 2021/2022 oʻquv yili uchun davlat OTMlariga davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash boʻyicha:
kunduzgi taʼlim shakliga – 115 343 nafar;
sirtqi taʼlim shakliga – 36 211 nafar;
kechki taʼlim shakliga – 6 325 nafar;


magistrlar tayyorlash boʻyicha – 12 914 nafar;

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 2000 nafar qoʻshimcha davlat granti ajratilishi mumkin.

Loyiha 10-aprelga qadar muhokama qilinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
12.2K views08:46
Ochish/sharhlash
2021-03-26 08:45:21 Diplomlari toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar roʻyxati tasdiqlandi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma qarori bilan xalqaro tan olingan QS, THE, ARWU tashkilotlari tomonidan eʼlon qilingan OTMlar reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy taʼlim muassasalarining 2021-yil uchun roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu roʻyxatga kiritilgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.


Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
12.4K views05:45
Ochish/sharhlash
2021-03-26 08:42:17
Oliy o‘quv yurtlariga kirishda TARIX hamda ONA TILI VA ADABIYOTI fanlaridan imtihon topshiriladigan taʼlim shakli kunduzgi bo‘lgan barcha taʼlim yo‘nalishlaridagi 2020/2021 o‘quv yilidagi kirish ballari OTM va taʼlim tillari kesimida

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki5PL34hgC_9Iw
12.2K views05:42
Ochish/sharhlash