Get Mystery Box with random crypto!

Milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va test namun | Milliy sertifikat

Milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va test namunalari e’lon qilindi

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kimyo, biologiya, fizika va matematika fanlaridan milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.

Talabgorlar test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari bilan Davlat test markazining veb-saytidagi “Milliy sertifikatlash tizimi” bo‘limida tanishishlari mumkin.

Bunda har bir fan bo‘yicha test namunalari 2 ta tilda (o‘zbek va rus tillarida) e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, milliy sertifikat imtihonlari matematika va biologiya fanlaridan — 4-dekabr kuni, kimyo va fizika fanlaridan — 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube