Get Mystery Box with random crypto!

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi 2022- | Milliy sertifikat

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 13-noyabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 15-17-noyabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 2 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube