Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi D
Kanaldagi mavzular:
Расман
Qabul
Abituriyentlar
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi dtmuz_info — Davlat Test Markazi
Kanaldagi mavzular:
Расман
Qabul
Abituriyentlar
Abituriyent
Kanal manzili: @dtmuz_info
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.57K
Kanalning ta’rifi

Bilim va malakalarni baholash agentligi norasmiy telegram kanali!
✯︎Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar!
✯︎Ta'limga doir savollarga javoblar!
«Abituriyentlarga omad yor bo'lsin!»
📊Reklama |

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-09-19 14:59:06
Super-kontraktda o‘qish imkoniyatlari yana ham kengaytirildi

O‘zi tanlagan 1-yo‘nalishga bali yetmay, boshqa yo‘nalishga o‘qishga kirganlar, imtihondan butkul yiqilganlar va o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun super-kontrakt bo‘yicha yangi eshiklar ochildi. Arizalar 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Tafsilotlar bilan ushbu lavhada tanishing.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
4.8K views11:59
Ochish/sharhlash
2022-09-19 14:17:06
Fizikani suv qilib ichib yuborgan abituriyentdan velik haydash bo'yicha layfhak!

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
3.5K views11:17
Ochish/sharhlash
2022-09-19 14:17:06
To'xtatib bo'lmaydi

IELTS kursiga uch oy borgandan keyin


Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
3.3K views11:17
Ochish/sharhlash
2022-09-18 15:30:39
Hayotingizdagi birinchi muvaffaqiyat?
Universitetga qabul...
Qancha?
...

Super kontraktchilar

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
4.1K views12:30
Ochish/sharhlash
2022-09-17 12:50:15 #Statistika

15 mingga yaqin abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.

Joriy yilda 39 962 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 30 253 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.

Shundan 14 746 nafar (48,7 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
4.2K views09:50
Ochish/sharhlash
2022-09-17 09:30:41
Iroqdagi zilziladan keyingi holat:

Binoni Iroqda o'qiganlar qurgan ekan. Zinani esa yaponlar qurgan ekan.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
4.6K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-09-17 08:59:06
Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
3.2K views05:59
Ochish/sharhlash
2022-09-16 07:30:26
Super kontraktda o‘qiganlar nashriyotga yetib borishdi

Suratda: Abu Rayhon Beruniy,
Ismda: Ibn Sino,
Sana: Alisher Navoiy

Boshqa sohalarda ishlayotgan super kontraktchi talabalarning ijodlarini ham kutib qolamiz))

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
5.6K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-09-15 08:40:24
Ayollar ilmli joyda
Kelajak avlodga foyda...

Ma’lumki, ayni kunlarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar uchun 12 ta tijorat banki tomonidan ta’lim kreditlari berilmoqda.

Ushbu qulaylik va imkoniyatni aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi Erkin Bozorov Xalq banki misolida o‘ziga xos uslubdagi ijodi orqali ko‘rsatibdi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Eslatma:

Toʻlov-shartnoma —
kontrakt.edu.uz;

Kredit uchun ariza berish — talim-krediti.uz platformalari orqali onlayn amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
4.8K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-09-14 09:32:06 Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi.

Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman:

Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli;

Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu.

Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq.

Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas.

Xulosa.

Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin.

Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi.

Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi.

Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan.

Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy
5.6K views06:32
Ochish/sharhlash