Oʻqishga kirishda 41 ta imtiyoz bor ekan Davlat qabul komis | Davlat Test Markazi
Oʻqishga kirishda 41 ta imtiyoz bor ekan
Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REESTRI” tasdiqlandi.
Reestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:
1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta); 2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta); 3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta); 4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta); 5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta); 6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).
Shuningdek, reestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.
Bilim va malakalarni baholash agentligi norasmiy telegram kanali!. ✯︎Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar!. ✯︎Ta'limga doir savollarga javoblar!. «Abituriyentlarga omad yor bo'lsin!». 📊Rekla...