Get Mystery Box with random crypto!

​ ️Xususiy universitetga to'langan kontrakt pulining 12% qismi | Davlat Test Markazi

​ ️Xususiy universitetga to'langan kontrakt pulining 12% qismini davlatdan qaytarib olishni bilasizmi?

Xattoki, kredit bilan to'langan bo'lsa ham!

Aytaylik, siz yillik 10 mln so'm kontrakt to'lagan bo'lsangiz, bemalol 1.2 mln so'mni qaytarib olishingiz mumkin. 4 yilda 40 mln to'lagan bo'lsangiz, demak 4.8 mln  so'mni qaytarib olishingiz mumkin!

Soliq chegirmasini olish uchun to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:

o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari.

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:

to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Huquqiy asos: lex.uz/docs/-4674902

Eslatma: Bu qaytarib olinayotgan pul aslida davlatga har oy oylik olganda oyligingizdan ushlab qolinadigan (podoxod) soliqlaringizdir. Agar siz rasmiy ishda ishlamagan bo'lsangiz, yoki qaytarib olishingiz kerak bo'lgan summaga mos soliqni davlatga to'lamagan bo'lsangiz bu imkoniyatdan umuman yoki to'la foydalana olmaysiz.

Shunaqa gaplar. Talabalarga tarqating!

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy