Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi “Jis | Davlat Test Markazi
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi
“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori boʻlgan xorijiy OTM dasturiga koʻra shakllantiriladi.
2023/2024 oʻquv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy)kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar; Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar; Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar; Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib(1-oʻrin) boʻlgan sportchilar.
Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida 2023-yil 1-yanvardanPahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.
2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi norasmiy telegram kanali!. ✯︎Ta'limdagi eng so'ngi yangiliklar!. ✯︎Ta'limga doir savollarga javoblar!. «Abituriyentlarga omad yor bo'lsin!». 📊Rekla...