Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: Test sinovlari faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun oʻtk | Davlat Test Markazi

Rasman: Test sinovlari faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun oʻtkaziladi. Qolganlar kirish imtihonlarsiz qabul qilinadi

2022-2023-oʻquv yili uchun professional taʼlim muassasalariga sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ular professional taʼlim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Test sinovlari faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun oʻtkaziladi va test sinovlari 2022-yil 3-8-oktyabr kunlari 2 smenada boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, roʻyxatdan oʻtishda OTMlarga kirish test sinovida toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan va fanlar majmuasi mos boʻlgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi.

Ularga test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma shaklantirilmaydi va ular OTMlarga kirish test sinovida toʻplagan bali bilan tanlovda ishtirok etadi.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy