Get Mystery Box with random crypto!

OTMga o‘qishga kirishda kimlar imtiyozga ega? Quyidagi abitu | Davlat Test Markazi

OTMga o‘qishga kirishda kimlar imtiyozga ega?

Quyidagi abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozga ega:

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;
xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan bitiruvchilar;
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi g‘oliblari;
tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;
“Nihol” mukofoti sovrindorlari;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yo‘nalishlariga);
to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;
Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tab, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar;
chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;
harbiy qism qo‘mondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar;
ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari.

Shuningdek:

Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun o‘qish davrini a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilari;
mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar;
ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari;
iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar;
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari.

Barchaga ulashing

Safimizga qo’shiling

https://t.me/+_oBq7NPocwZmZDEy