Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari | Davlat test markazi

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun chet tili imtihonlari

Oliy ta’lim muassasalari huzuridagi akademik litseylar
bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 28-29-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-20- va 23-25-may kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovi barcha hududlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) 2 smenada tashkil etilib, 1-smena 09:00 da, 2-smena esa 14:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joyga test sinovi boshlanishidan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport (ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Talabgorlar qaysi sanada test sinovida ishtirok etishi va test sinovi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni o‘zlari tahsil olayotgan akademik litseydan olishlari mumkin.

Test sinovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga asosan bepul tarzda tashkil etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifasi
http://t.me/dtm_yangiliklari_testlari