Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi “Milliy s | Davlat test markazi

Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etiladigan malaka oshirish kursi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 29-30-aprel va 1-may kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga “o‘zbek tili va adabiyot” hamda “qoraqalpoq tili va adabiyot” fanlaridan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek va qoraqalpoq tillarida olib boriladi.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 27-aprel kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz