Get Mystery Box with random crypto!

DTM Milliy sertifikatlari

Telegram kanalining logotibi dtm_sertifikat — DTM Milliy sertifikatlari D
Telegram kanalining logotibi dtm_sertifikat — DTM Milliy sertifikatlari
Kanal manzili: @dtm_sertifikat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 491
Kanalning ta’rifi

Fanlar bo'yicha milliy sertifikatlar tizimiga oid xabarlar va yangiliklar kanali.
Barcha abituriyent va ularning ustozlari uchun.
Admin: @user_admin01

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-09-27 20:13:21 ​​ Oktabr oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 27-sentabrdan 7-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari 26-oktabr kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Test sinovlari yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslar 2 yil muddatga amal qiluvchi sertifikatga ega bo‘ladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 4-oktabrdan 8-oktabrga qadar o‘zlari tanlagan test topshirish hududidagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishi lozim!

@dtm_sertifikat
4.4K viewsedited  17:13
Ochish/sharhlash
2021-08-22 20:16:38 Қўшимча тест 23 август куни ўтказилади

Тана ҳарорати юқори бўлган ва коронавирусга чалинган абитуриентлар учун қўшимча тест синовлари 2021 йил 23 август куни бўлиб ўтади. Бу ҳақда ДТМ маълум қилди.

Унда қуйидаги тоифадаги абитуриентлар иштирок этишлари мумкин бўлади:

тест синовига келган вақтда тана ҳарорати 37º C дан юқори эканлиги аниқланган ва далолатнома расмийлаштирилган абитуриентлар (уларнинг сони 110 нафар);

16 августга қадар коронавирусга чалинганлиги сабабли қўшимча тест синовларида иштирок этиш учун ариза билан мурожаат қилган ва Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги хизмати томонидан коронавирусга чалинганлиги тасдиқланган абитуриентлар (уларнинг сони 1200 нафардан зиёд, лекин ҳали улар битталаб текшириб чиқилади).

Қайта ташкил этилган тест синовларида ҳам тана ҳарорати 37º C дан юқори эканлиги аниқланган ёки коронавирусдан тўлиқ соғаймаган абитуриентлар учун бошқа тест синовлари ташкил этилмайди.

Тест синовлари барча ҳудудларда ташкил этилади ва абитуриентлар рўйхатдан ўтиш вақтида тест топшириш ҳудуди сифатида ўзлари танлаган ҳудудда тест синовида иштирок этади.

Абитуриентлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани эртадан бошлаб my.dtm.uz сайти орқали юклаб олишлари мумкин бўлади.


@xushnudbek
4.6K views17:16
Ochish/sharhlash
2021-08-03 07:44:42 Биологиядан Миллий тест натижалари эълон қилинмайди

Бугунги овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов биология фанидан Миллий тест тизими доирасида 9-10 июнь кунлари ўтказилган тест синовларининг натижалари эълон қилинмаслиги ва талабгорлар олган баллар бекор қилиниши ҳақида маълумот берди.

Биологиядан тест синовларида иштирок этган барча талабгорларга тестда қатнашиш учун тўлаган пуллари қайтариб берилади.

Бундай қарорга келинишига сабаб биология фанининг тест натижалари таҳлил қилинганда тестология қоидаларига тўғри келмаган ва шубҳа уйғотган. Шу сабабли натижаларни эълон қилмасликка қарор қилинган. Қолган ҳолатлар бўйича ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар текшириш ишларини олиб боришмоқда.

Эслатиб ўтамиз, бу фақат 9-10 июнь кунлари олинган биология фанидан тестлар учун тааллуқли. Март ойида ўтказилган, шунингдек бошқа фанлардан олинган тест натижалари ўз кучида қолади.

Яна ҳам батафсил маълумотни юқоридаги аудиофайлдан эшитишингиз мумкин.


@xushnudbek
5.0K views04:44
Ochish/sharhlash
2021-07-30 21:18:52
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2021-2022-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

@mandat2021bot
@mandat2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

@dtm_sertifikat
5.7K viewsedited  18:18
Ochish/sharhlash
2021-07-28 12:08:07
#Қабул_2021

2021/2022 ўқув йили учун республика олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига мос тест синови топшириладиган ФАНЛАР МАЖМУАСИ, ТЕСТ ТОПШИРИҚЛАРИ СОНИ ҳамда БАҲОЛАШ МЕЗОНЛАРИга киритилган ўзгартиришлар тасдиқланди

@dtm_sertifikat
3.9K viewsedited  09:08
Ochish/sharhlash
2021-07-27 20:11:27 #Qabul2021
Abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

@dtm_sertifikat
3.4K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2021-07-27 15:21:30 РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


@xushnudbek
3.9K views12:21
Ochish/sharhlash
2021-07-26 18:38:49 ​​​​ 29-iyuldan boshlab ​​«Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin

Abituriyentlar «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan elektron shaklda yuklab olgach, printer orqali oq qog‘ozga chiqartirgan holda imtihonga pasport bilan birga olib kelishlari kerak.

Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

@dtm_sertifikat
3.0K viewsedited  15:38
Ochish/sharhlash
2021-07-22 08:08:37 ​​ Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

2021-yil 22-iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni bo’lib, 22-iyul kuni (ertaga) soat 23:59 da abituriyentlarni onlayn ro’yxatga olish yakunlanadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to’lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so’nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro’yxatdan o’tishlarini hamda ta’lim yo’nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo’lishlarini tavsiya qilamiz.

@dtm_sertifikat
3.0K viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash
2021-07-21 04:42:01 #Statistika

+113 mingga ko'paydi

20-iyul 18:00 holatiga ko'ra, jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 855 348 nafar.

Ta’lim shakllari bo‘yicha:

Kunduzgi ta’lim shakli – 448 426 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli – 377 864 nafar;
Kechki ta’lim shakli – 29 058 nafar.

Tillar kesimida:

O‘zbek tili – 725 964 nafar;
Rus tili – 98 606 nafar;
Qoraqalpoq tili – 28 077 nafar;
Boshqa tillar – 2 701 nafar.

Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:

O‘zbekiston milliy universiteti – 29 671 nafar;
Jizzax davlat pedagogika instituti – 27 411 nafar;
Toshkent davlat pedagogika universiteti – 27 304 nafar;
Urganch davlat universiteti – 27 239 nafar;
Namangan davlat universiteti – 26 394 nafar.

@dtm_sertifikat
2.9K viewsedited  01:42
Ochish/sharhlash