Get Mystery Box with random crypto!

Doniyor Nasriddinov

Telegram kanalining logotibi doniyor_nasriddinov — Doniyor Nasriddinov D
Telegram kanalining logotibi doniyor_nasriddinov — Doniyor Nasriddinov
Kanal manzili: @doniyor_nasriddinov
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 5.61K
Kanalning ta’rifi

▫️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: https://taplink.cc/doniyor_nasriddinov

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-17 18:03:57
Qayiq bir kun manzilga yetadi

ibn Javziy Rohmatullohi alayh aytadi: "Bu hayotga nima uchun kelganini anglamay yashayotgan bandalarni, bir qayiqda miriqib suhbatlashib, kulishib ketayotganini va qayiq suzib manzilga yaqinlashib qolganini ham sezmay qolgan odamlarga o'xshataman" deydi.

Hozir aksarlarimiz sakkiz soatlab uxlaymiz. O'zi shundoq ham kam bo'lgan vaqtimizni ham ancha qismini internetda,ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazamiz. Ilmga rag'batimiz esa juda ham sustlashib boryapti. Agar biz ham ulamolar singari vaqtni qadrlaganimizda, bu holatga tushmagan bo'lardik, yoshlarimiz bu ahvolda bo'lmasdi.

@Doniyor_Nasriddinov
5.2K views15:03
Ochish/sharhlash
2022-08-15 10:55:55 Men arab tilini oʻrganishga juda qiynalganman. Toʻrt yil madrasa, toʻrt yil Ma’hadda oʻqidim. Hozir magistratura bosqichida ham arab tili yoʻnalishidaman.

Men uchun dastlabki bir yarim yil juda qiyin oʻtgan. Shuncha vaqt oʻtsa ham arab tili borasida qoniqarli natijaga erisha olmagandim. Toʻgʻri, madrasa darsliklarini oʻzlashtirishim yaxshi edi, baholarim a’lo boʻlgan, lekin bir yildan keyin ham arab tilidan erkin tarjima qila olmasdim. Bir tilni oʻrganish uchun esa bu juda katta muddat.

Keyinchalik oʻrganib ketdim, lekin menda arab tilini oʻrganish juda qiyin degan taassurot qoldi. Grammatika darslaridan bezillab qoldim. Arab tilidan hech qachon dars bermasam kerak deb oʻylardim. Shu sabab arab tili kurslarida dars berish borasida kelgan barcha takliflarni rad qilardim.

Shuningdek, bizdagi aksar kurslarda faqat boshlangʻich arab tilidan dars berilishi, grammatika darslari ham nisbatan qiyinroq uslubda olib borilishi, oʻquvchidan bemalol tarjima qila olishi uchun kamida bir yil yoki undan-da koʻproq vaqt soʻralishi kabi sabablar ham kurslarda dars berishdan toʻsib keldi.

Ammo yaqindagina bu istak qayta uygʻondi. Bunga sabab esa bir akamizning arab tilini oʻrgatish borasida yangi dastur ishlab chiqqani boʻldi. Bu uslubda oxirgi yillarda bir qancha talabalar oʻqigan va juda qisqa muddatda yaxshi natijalarga erishilgan, ya’ni yangi dastur sinovdan oʻtib boʻlgan.

Bu uslubga koʻra arab tilidan mustaqil oʻqib tarjima qila oladigan holatga kelish uchun oʻquvchidan uzogʻi olti oy vaqt soʻraladi. Ammo tajribada toʻrt oyda ham yaxshi natijaga erishilgan. Bu dastur orqali B2 sertifikatini qoʻlga kiritganlar esa juda koʻp. Hozircha dastur haqida shularni ayta olaman. Batafsil ma’lumotni rasmiy ochilishdan soʻng e’lon qilamiz.

Xullas, yaqin doʻstlarimiz bilan birgalikda mazkur yangi uslubga asoslangan markaz ochishga qaror qildik. Hozircha hujjatlar, joylashuv va boshqa jihatlarni hal qilib boʻldik.

Markazimizni yaxshi niyatda “Sayyid academy” deb nomladik. 20-avgustdan keyinroqqa rasmiy ochilish marosimini ham oʻtkazamiz, lekin ungacha ham qabulni boshlab turmoqchimiz. Sababi bir qancha talabalar tezroq dars boshlanishini soʻrashdi va ularni zoʻrgʻa bir haftagina ushlab tura oldik, xolos.

Ertaga kechki 17:30 da birinchi darsimizni boshlaymiz. Arab tilida oʻqishni biladigan, lekin hali grammatikaga oʻtmagan uch kishiga birinchi guruhimizda hozircha joy bor. Talabgorlar boʻlsa, Telegram orqali @Maktubuchun_bot’ga yozishlari mumkin.

Manzilimiz: Tinchlik metrosidan chiqib Koʻkcha tarafga taxminan 400 metr yurgandan soʻng oʻng tarafda joylashgan.

Moʻljal: “Lord eshiklari” doʻkoni, shu binoning ikkinchi qavatida bizning markaz joylashgan.

Mana bu havolani bosib, lokatsiyani koʻrishingiz mumkin.

Kunduzi 9:00 dan boshlab +998956060600 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

Alloh boshlagan ishimizni xayr-barakali, bizni esa insonlarga yaxshilikni ta’lim beruvchilardan qilsin!

@Iysoxon
4.3K views07:55
Ochish/sharhlash
2022-08-13 17:54:38
Shonli o'tmishimizdan ta'sirlanib ketaman

O'ttiz yoshga kirdim, lekin hamon ba'zi ishlar oldida hali ham o'zimni xuddi yosh boladay his qilaman. Qo'limdan hech narsa kelmaydigandek tuyilaveradi. O'tmishimizga qarab ta'sirlanib ketaman.

Zahiriddin Muhammadbobur, Mirzo Ulug'beklar o'spirinlik davridayoq taxtga o'tirgan va mamlakatni mohirona boshqara olganlar. Bu tasodif emas ular shunday ishlarga loyiq bo'la olganlar.

Tasavvur qiling Ibn Sino 17 yoshda dunyoga nomi chiqqan tabib edilar. 17 yoshlarida-ya?! Hozir ko'p yoshlarimiz bitta oilani boshqara olmaydi. Biz shu yoshgacha nima qildik. Vaqtni qadriga yetmadik, bir ishni ustasi bo'lmadik. Alloh vaqtimiz, qilayotgan ishlarimizga xayr va baraka bersin!

@Doniyor_Nasriddinov
5.9K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:22:17
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoamiz bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.

@alisher_sadullaev
5.6K views14:22
Ochish/sharhlash
2022-08-09 13:16:54 TARIXIY G’ALABA BILAN TABRIKLAMIZ!

Alloh barcha jabhalarda musulmonlarni shunday aziz qilsin!
6.2K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-08-09 13:13:41
O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
4.4K views10:13
Ochish/sharhlash