Get Mystery Box with random crypto!

Davron Mamadiyorov Kimyo

Telegram kanalining logotibi dmkimyo — Davron Mamadiyorov Kimyo D
Telegram kanalining logotibi dmkimyo — Davron Mamadiyorov Kimyo
Kanal manzili: @dmkimyo
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 438

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-08-04 05:09:49 ​​#Qabul2022
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
93 views02:09
Ochish/sharhlash
2022-08-03 19:45:24 #Qabul2022
Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
128 views16:45
Ochish/sharhlash
2022-07-28 19:36:02 ​​#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (qabul yakuni bo‘yicha)

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.

Shundan:

395 023 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
819 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 612 530 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 565 902 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 27 417 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 8 383 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 140 797 nafar.
Samarqand viloyati — 133 610 nafar.
Toshkent viloyati — 116 251 nafar.
Farg‘ona viloyati — 109 938 nafar.
Surxondaryo viloyati — 106 145 nafar.
Andijon viloyati — 79 235 nafar.
Namangan viloyati — 77 607 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 75 819 nafar.
Jizzax viloyati — 74 346 nafar.
Toshkent shahri — 68 545 nafar.
Buxoro viloyati — 67 663 nafar.
Xorazm viloyati — 64 351 nafar.
Navoiy viloyati — 54 512 nafar.
Sirdaryo viloyati — 45 413 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
107 views16:36
Ochish/sharhlash
2022-07-15 19:01:47 #Qabul2022
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 2022-yil 27-iyulga qadar (27-iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 17-iyulga qadar (17-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
50 views16:01
Ochish/sharhlash
2022-07-09 06:24:34 Ertaga yakshanba ertalab 08:00 da hamda 12:00 da blok test.
Hamma yetib kelsin, qolgan o'quvchilarga ham yetkazing.
258 views03:24
Ochish/sharhlash
2022-07-09 04:51:06
Qurbon hayiti ayyomi muborak bo'lsin hammamizga.
205 views01:51
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:42:01 26.06.2022 kunida olingan blok testi natijalari texnik sabablarga ko'ra kechikib chiqqanligi uchun hammadan uzur so'rayman.

@biokimyotestbot botiga kirib o'z ID kodingizni yozsangiz javoblar varaqangizni tekshirilgan ko'rinishda olasiz.
To'plagan balingiz yozgan birorta fakultetingizga yetmagan bo'lsa demak yiqilganlar orasidasiz.

Yiqilganlarni kim ekanliklarini hammaga namoyish qilib o'tirmadik.
375 viewsedited  08:42
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:30:57 Kam sonli bo'lganiligi uchun faqat kamayib borish tartibida joylandi.
425 viewsedited  08:30
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:30:41 Kam sonli bo'lganiligi uchun faqat kamayib borish tartibida joylandi.
423 viewsedited  08:30
Ochish/sharhlash
2022-07-07 11:29:41 Kam sonli bo'lganiligi uchun faqat kamayib borish tartibida joylandi.
420 viewsedited  08:29
Ochish/sharhlash