Get Mystery Box with random crypto!

Pul hech nimani hal qilmaydimi? Assalomu alekum yaxshimisiz | Diyor Shixnazarov

Pul hech nimani hal qilmaydimi?


Assalomu alekum yaxshimisiz ekran oldidagi qadrdonim...


Bugun man sizga aytib beradigan gaplarimni albatta shaxsiy fikrlarim..


To'g'ri pul hech nimani hal qilmaydi lekin nimalarni hal qilishini oxirigacha o'qing...


"Baxtni pulga sotib olib bo'lmaydi" deyishadi lekin insonlar nimaga oylik olganda juda xursand bo'lishadi?

Javobi oddiy pul uchun...

Siz sevgan qizingiz yoki sevgan yigitingiz sizdan ko'ra boyroq va farovonliroq yashashadi..

Endi o'ylab qarang....

Agar birga turmush qurmoqchi bo'lsangiz..
Siz va sevgan qizingiz rozi lekin ko'p hollarda ota - ona va bobo - buvilar qarshi chiqishadi nimaga?

Pul uchun..

Agar sevgan qizingiz yoki yigitingiz bilan turmush qurganingizda baxtli bo'lgan bo'larmidingiz?
Javob oddiy ha

Pulga jannatni sotib olib bo'lmas lekin muhtojlarga, yetim - yesirlarga va faqirlarga tarqatsangiz Alloh sizga mukofot vada qilgan va albatta jannatga kirishingizda haqiqiy baxtning tamini xis qilishingizga katta yordam beradi....


"Exsonning mukofoti faqatgina exsondir" (Ar - Rohman surasi 60)


Pulga sog'liqni sotib olib bo'lmaydi deyishadi men bu gapga qo'shilmayman agar pulingiz ko'p bo'lsa juda og'ir kasallar bor.....

Donor yurak kerak bo'lgan bemorlar..
Turli xil nogironlik kasallari va hakazo..


Bularni davolash uchun nima kerak?
Albatta pul...

Agar shu muhtojlarga yordam bersangiz juda katta savoblarga qolasiz...

Shu pullarni topaolmasdan exson so'rab yig'aolmagan va bu dunyodan ko'z yumganlar qancha...


To'g'ri hammasi Allohdan lekin sababini ham qilish kerak!


Qisqasi pulning ahamyati katta deya olmayman lekin hayotimizda ahamiyati yaxshigina ro'l o'ynar ekan...

Buni yaqinda bildim...

Tushuntiraoldim degan umiddaman...
Agar qandaydir fikrlaringiz bo'lsa albatta yozib qoldiring bu man uchun juda qiziq...


Yaqin deb bilgan insoningizga yuboring...
Yaxshilikning mukofoti albatta yaxshilikdir...

Hurmat ila Diyor Shixnazarov


@diyor_shixnazarov