Get Mystery Box with random crypto!

Haqiqiy Erkak bo'laylik! Assalamu Alekum va rahmatullohi va b | Diyor Shixnazarov

Haqiqiy Erkak bo'laylik!

Assalamu Alekum va rahmatullohi va barokatuh!

Bugun sal jahlim chiqqan to'g'risi etibor bermaysizlar....

Qandaysiz yaxshimisiz qadrdonim?

Bugun gapiradigan gaplarim erkaksifat dayuslarga bag'ishlanadi....


Ko'p eshitib qolaman uylanmoqchi bo'lgan erkaklarni 80-90% i Hijob o'ragan qisqasi dindor,hayoli ayolga uylangisi keladi to'g'rimi?

Yana unday qizlar bormikan?
Bo'lsa ham juda kam deydi...

Nasib qilarmikin deydi...

Shu joyida gapirmasam bo'lmaydi...
Bu mani shaxsiy fikrlarim albatta...

Bilasizlarmi avratlarini yopmagan ayollarni boshida man o'ylayman biz ya'niy erkaklar turamiz...

Dayus erkaksifatlar....

Payg'ambarimiz (s.a.v) dan so'radilar:

- Yo Rasululloh dayus kim?

– Dayus shunday kishiki, o'z ahlining oldiga kimlar kirib-chiqadi, Rashq qilmaydi, parvo etmaydi – dedilar...


Pahlavon Mahmud oʼzining baytlarida aytadi:

Erlik gʼururing boʼlsa, ey Аlloh suygan,

Аhli ayoling bezatib chiqarma uydan.

Mevali shox agar chiqsa koʼchaga,

Taʼma qilar oʼtgan yoʼlovchi undan...

Deydi...
Bularni ozgina tafakkur qiling....


Bilasizlarmi? Hammasini ortida biz ekakalarmiz...


Chunki singlimiz,opamiz qarindoshimiz va yaqinlarimizni avatlarini yopib yurishiga davat qilmaymiz...

Ularga tushuntirmaymiz...

Man o'ylayman ko'pchilik erkaklar
Masjidga borishadi ya'ni Allohni tanigan lekin ko'chada qarasak ayoli,
qizlariga qarab bo'lmas ahvolda...

Man ularni ko'rib juda jahlim chiqadi
Alloh kifoya qilsin ularga...


Bir narsani esdan chiqarmang birodarlar..."Rashqsiz erkakka jannat haromdir"....


Yana Ular hohlasa ham yo'q o'ranmaysan,qilmaysan deya gunohga botamiz...


Lekin o'zimiz shunday ayol bilan turmush qurgimiz kelmaydi..


QISQASI TUSHUNDINGIZ deb o'ylayman agar oxirigacha o'qigan bo'lsangiz albatta....


Аlloh taolo Gʼoshiya surasining 21–22-oyatlarida marhamat qiladi:

"Bas, (ey Muhammad! Ummatingizga) eslating! Zotan, siz (hozircha) faqat eslatuvchidirsiz. Ularning ustidan zoʼravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz"....

Аna shu ikki oyati karimaga muvofiq biz ham eslatmoqchimiz, xolos. Аlloh taolo bizlarni turli xil illatlardan oʼzi xalos qilsin va asrasin. Yurtimizni tinch va osmonimizni musaffo qilsin....


Ha yana aytgancha "Poklar poklar uchundir" deyilgan (Nur surasi 26-oyatida)

Buni ham chuqur o'ylab ko'rsangiz juda katta ma'no bor deb hisoblayman...


Bu gaplarimni ko'pdan buyon ayta olmayotgandim...

Oxiri gapridim...
Ko'nglim hotirjam bo'ldi...

"ERKAK BO'LAYLIK"

"Fiamaanallah" Allohga omonatsiz...

Hurmat ila Diyor Shixnazarov...


@diyor_shixnazarov