Get Mystery Box with random crypto!

Viloyatlar budjeti ham xalq tomonidan taqsimlanadi. Davlat r | Dilnur A'zamov

Viloyatlar budjeti ham xalq tomonidan taqsimlanadi.

Davlat rahbari tomonidan kecha o'tkazilgan yig'ilishda "Tashabbusli budjet" bo'yicha samarali natijalarga erishilganligi alohida e'tirof qilinib, keyingi mavsumdan boshlab hozirgidan 3,5 baravar ko'p mablag' (8 trln so'm) ajratilishi hamda endilikda viloyat budjetlari qo'shimcha daromadlarining 30% qismi ham "Tashabbusli budjet"ga berilishi ta'kidlandi.

To'g'risi, bu men uchun kutilgan yangilik edi. "Tashabbusli budjet" jarayonlarida hamqishloqlar birgalikda 4 ta loyiha bilan ishtirok etib, 2 marta g'olib bo'ldik. Bu jarayonda aholining faolligi oshganligi va birlashib harakat qilganligining guvohi bo'ldim. Mahallalar o'zlari duch kelayotgan muammolarni birgalashib hal etishmoqda.

P.S. Biz ishonib saylagan xalq vakillari - deputatlardan ham davlat budjetini taqsimlash jarayonida faolroq bo'lishlarini kutib qolamiz. Birinchi darajali muammolar qolib, qandaydir forumu ko'ngilochar tadbirlar, haykallar qurish avj olmasligi kerak.