2023-06-06 14:54:29
#QURON_XATTOT_NIGOHIDA
#BIR_SHINGIL_TAFAKKUR
ZILZILA VAQTIDA G’AFLATDA QOLMAY, DESANGIZ …
”Bizning balomiz ularga yetganda, tazarru’ qilsalar edi! …
”(“An’om” surasi, 43-oyat).
Ulamolar ushbu oyatga suyangan holda aytadilarki, zilzila vaqtida istig’for, duo va tazarru’ni ko’paytirish mustahabdir.
Zilzila, chaqmoq, qattiq shamol kabi tabiat hodisalari ro’y berganda, har kim tavba-tazarru’ bilan duo qilmog’i mustahabdir.
Bunday paytlarda g’aflatda qolmaslik uchun uyda yolg’iz namoz o’qish ham mustahabdir.
Alloma Zakariyo al-Ansoriy rahimahulloh
Rasululloh ﷺ chaqmoq va momaqoldiroqni eshitganlarida, shunday duo qilar edilar (Imom Termiziy rahimahulloh rivoyati):
“ALLOHIM! BIZNI G’AZABING BILAN O’LDIRMA! BIZNI AZOBING BILAN HALOK QILMA! BUNDAN (AZOBING VA G'AZABING TUSHISHIDAN) OLDIN BIZNI OFIYATDA SAQLAGIN!
Abdulloh Abdulmajid tayyorladi
Xattot Abduvohid Abduvosiqov
https://t.me/dilimga_yaqinim
1.5K viewsDilimga_yaqinim, 11:54