Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.49K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 4

2024-05-13 08:56:43
Photoshopning kuchli raqobatchisi Stylar neyrotarmog’i chiqdi, u rasmlar generatsiya qiladi, eskizlarni 2D va 3D tasvirlarga aylantiradi, ularni birlashtiradi va sifatini yaxshilaydi. Eng qulay tomoni, dasturni yuklab olishning hojati yo’q — hamma funksiyasi brauzerda ishlaydi.

Bundan tashqari, standart funksiyalar ham mavjud: fonni olib tashlash, matn va effektlar qo’shish.

Bepul sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
11.6K views05:56
Ochish/sharhlash
2024-05-12 17:40:27
Bular so’nggi ikki kunda butun dunyo bo’ylab ko'rish mumkin bo’lgan eng go’zal shimoliy yog’dulardir.

Ularning paydo bo’lishiga 10-mayda boshlangan so’nggi 20 yildagi eng kuchli geomagnit bo’roni sabab bo’lgan. Olimlar uni eng yuqori intensivlik darajasi G5 deb baholashdi — oxirgi marta bunday kuchli magnit bo’roni 2003-yil oktyabr oyida qayd etilgan.

Kimdir uni ko’rishga muvaffaq bo’ldimi? Agar suratga olishga ulgurgan bo’lsangiz, izohlarda bo’lishing (aytgancha, agar yaqin 2 kunda boshingiz qattiq og’rigan bo’lsa sababi shu bo’rondir).

DigiTech
13.6K views14:40
Ochish/sharhlash
2024-05-12 12:46:43
Londonda kuryerlar uchun pedalli yuk mashinalari ishlab chiqildi — unda 350 kg gacha yukni tashish va velosipedlar uchun mo’ljallangan yo’lda yurish mumkin.

Haddan tashqari oyoqni charchatmaslik uchun 60-100 km masofaga yetarli batareyalari bo’lgan 250 vattli elektr motor mavjud.

Hozirda ePack bir nechta yetkazib berish xizmatlari tomonidan sinovdan o’tkazilmoqda va kelajakda taksi xizmatlari uchun mo’ljallangan versiyasini ham chiqarishni rejalashtirishmoqda.

DigiTech
11.7K views09:46
Ochish/sharhlash
2024-05-07 08:37:14
SpaceX o’zining EVA skafandrini namoyish etdi. Kompaniya orbitaga chiqadigan birinchi sayyohni mana shu skafandrda jo’natmoqchi.

Kostyum yangicha matodan tayyorlangan bo’lib, skafandr ichidagi haroratni nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, unda proyektsiyali ekran va kamera mavjud.

DigiTech
13.7K views05:37
Ochish/sharhlash
2024-05-06 17:40:41
Shu yozdan AQShda «elektrolyotlar» sotuvlari boshlanadi, uni boshqarish uchun uchuvchi litsenziyasi shart emas.

Qurilma Pivotal startapi tomonidan Google boshqaruvchisi Larri Peyj ko’magida yaratilgan: u 100 km/soat tezlikka chiqa oladi va bir zaryadda 32 km masofagacha uchadi. Ularning aytishicha, uni boshqarish dronni boshqarishdek oson, har ehtimolga qarshi ballistik parashyut ham bor.

Narxi — 190 000 dollardan boshlanadi. Bu narxga o’qitish va uni olib yurish uchun treyler ham kiradi.

DigiTech
12.8K views14:40
Ochish/sharhlash
2024-05-05 17:04:42
Stability AI o’zining musiqa generatsiya qiluvchi neyrotarmog’ining yangi modelini chiqardi — Stable Audio 2.

Bepul sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
13.1K views14:04
Ochish/sharhlash
2024-05-04 17:37:29
Yaponiya shaharlaridan biridagi yo’lakda yurish tezligini ko’rish imkoniyati paydo bo’ldi.

LED displey harakatlanish tezligini ko’rsatib turadi, uning yordamida boshqalar bilan yugurish bo’yicha raqobatlashish ham mumkin.

DigiTech
14.5K views14:37
Ochish/sharhlash
2024-05-04 09:29:54
Amazon AQSh'da buyurtmalarni dron orqali yetkazib berish yangi xizmatini ishga tushirdi.

Texaslik fuqaro ushbu havo orqali yangi yetkazib berish xizmatini sinab ko’rishga qaror qildi, ko’rib turganingizdek dron buyurtmani 2-3 metr balandlikdan shunchaki tashlab ketgan.

Xizmat hozircha beta-test rejimida ishlamoqda: ehtimol, bunga qandaydir yechim topishar.

DigiTech
13.6K views06:29
Ochish/sharhlash
2024-05-03 18:08:08
Britaniyaning Engler kompaniyasi «superkvadrotsikl» — sport avtomobili va kvadrotsikl gibridini ishlab chiqdi.

U 1200 ot kuchiga ega V12 dvigateli bilan jihozlangan: 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erishadi va nazariy jihatdan 400 km/soatgacha tezlasha oladi.

Jami 20 dona chiqariladi, lekin hali taxminiy narx ham e’lon qilinmadi.

DigiTech
12.7K views15:08
Ochish/sharhlash
2024-05-03 08:26:13
Jeyms Uebb teleskopi hayot bo’lishi mumkin bo’lgan K2-18b sayyorasini o’rganmoqda.

K2-18b da tirik organizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan gaz borligi aniqlandi. Sayyora okeanlar bilan qoplangan va Yerdan «atigi» 120 yorug’lik yili uzoqlikda joylashgan deb taxmin qilinmoqda.

Tadqiqotga rahbarlik qilgan Kembrij astrofizikining aytishicha, sayyorada gazning topilishi «uni shokka solgan va 1 hafta davomida uxlay olmagan».

DigiTech
15.5K views05:26
Ochish/sharhlash