Get Mystery Box with random crypto!

AI | DigiTech

Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech A
Telegram kanalining logotibi digitechai — AI | DigiTech
Kanal manzili: @digitechai
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 49.96K
Kanalning ta’rifi

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2024-05-16 10:42:23
iPhone va iPad'ga nazar bilan boshqarish funksiyasi paydo bo’ladi. Ushbu funksiya nogironlar uchun mo’ljallangan, lekin undan istagan odam foydalanishi mumkin.

Texnologiya sun’iy intellekt asosida ishlaydi, nigohning yo’nalishi esa old kameradan kuzatiladi. Funksiya 2024-yilning kuzida chiqadigan iOS 18 da ishlaydi.

Avtomobilda ko’ngli ayniydiganlar uchun ham maxsus funksiya qo’shiladi, u yoqilgan paytda ekranda suzuvchi nuqtalar chiqib yoqimsiz effektni kamaytiradi.

DigiTech
7.3K views07:42
Ochish/sharhlash
2024-05-15 17:07:06
OpenAI'ning videolar generatsiya qiluvchi Sora neyrotarmog’ining kuchli raqobatchisi paydo bo’ldi — Google'ning Veo neyrotarmog’i.

Veo 1080p sifatdagi sakkiz soniyali yoki undan ortiq videolarni matnli so’rovlar asosida yaratadi.

Undan foydalanish uchun havola bo’yicha kutish ro’yxatiga yozilish mumkin.

DigiTech
9.9K views14:07
Ochish/sharhlash
2024-05-15 08:48:52
Google OpenAI'ni ortda qoldirishga harakat qilmoqda — kompaniya Project Astra nomli shaxsiy yordamchini taqdim etdi.

U nafaqat smartfonda, balki aqlli ko’zoynaklarda ham ishlay oladi — masalan, kamera orqali narsalar qayerdaligini eslab qoladi va yo’qolgan narsalarni topishga yordam beradi.

Talabalar uchun ham juda foydali bo’ladi, masalan, doskadagi tenglamalarni yechib berishi mumkin.

DigiTech
11.1K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-05-14 18:37:28
Xitoyliklar yozgi soyabonlarni sotishmoqda — ular yomg'irdan himoya qilmaydi, aksincha issiqda suv purkaydi.

AliExpressda bunday soyabon narxi taxminan 50 dollarni tashkil qiladi, qimmatroq versiyalari ham bor — ularga powerbank o’rnatilgan.

Bunday soyabonni sotib olgan bo’larmidingiz?

DigiTech
12.8K views15:37
Ochish/sharhlash
2024-05-14 09:12:13
OpenAI GPT-4o modelini chiqardi, u videoni tahlil qilishni va «inson» ovozida — intonatsiya, kulish va boshqa emotsiyalar bilan to’liq muloqot qilishni o’rgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda uning realizmini kelajak haqidagi filmlardagi sun’iy intellektlar bilan solishtirishmoqda. Aytgancha, mish-mishlarga ko’ra, yangi iOS 18 da Siri bilan aynan ChatGPT birlashtiriladi.

DigiTech
12.0K views06:12
Ochish/sharhlash
2024-05-13 17:14:08
Qiziqarli yozgi gadjet — avtomatik tonirovkali ko’zoynaklar.

Butun hiyla elektroxromli linzalarda bo’lib, bir tugmani bosish orqali qorayishi mumkin. Unda shuningdek, o’rnatilgan dinamiklarda musiqa tinglash va qong’iroqlarga javob berish mumkin.

Ushbu qurilmaning AQSh'dagi narxi 299 dollar.

DigiTech
11.9K views14:14
Ochish/sharhlash
2024-05-13 08:56:43
Photoshopning kuchli raqobatchisi Stylar neyrotarmog’i chiqdi, u rasmlar generatsiya qiladi, eskizlarni 2D va 3D tasvirlarga aylantiradi, ularni birlashtiradi va sifatini yaxshilaydi. Eng qulay tomoni, dasturni yuklab olishning hojati yo’q — hamma funksiyasi brauzerda ishlaydi.

Bundan tashqari, standart funksiyalar ham mavjud: fonni olib tashlash, matn va effektlar qo’shish.

Bepul sinab ko’rish uchun havola.

DigiTech
11.6K views05:56
Ochish/sharhlash
2024-05-12 17:40:27
Bular so’nggi ikki kunda butun dunyo bo’ylab ko'rish mumkin bo’lgan eng go’zal shimoliy yog’dulardir.

Ularning paydo bo’lishiga 10-mayda boshlangan so’nggi 20 yildagi eng kuchli geomagnit bo’roni sabab bo’lgan. Olimlar uni eng yuqori intensivlik darajasi G5 deb baholashdi — oxirgi marta bunday kuchli magnit bo’roni 2003-yil oktyabr oyida qayd etilgan.

Kimdir uni ko’rishga muvaffaq bo’ldimi? Agar suratga olishga ulgurgan bo’lsangiz, izohlarda bo’lishing (aytgancha, agar yaqin 2 kunda boshingiz qattiq og’rigan bo’lsa sababi shu bo’rondir).

DigiTech
13.6K views14:40
Ochish/sharhlash
2024-05-12 12:46:43
Londonda kuryerlar uchun pedalli yuk mashinalari ishlab chiqildi — unda 350 kg gacha yukni tashish va velosipedlar uchun mo’ljallangan yo’lda yurish mumkin.

Haddan tashqari oyoqni charchatmaslik uchun 60-100 km masofaga yetarli batareyalari bo’lgan 250 vattli elektr motor mavjud.

Hozirda ePack bir nechta yetkazib berish xizmatlari tomonidan sinovdan o’tkazilmoqda va kelajakda taksi xizmatlari uchun mo’ljallangan versiyasini ham chiqarishni rejalashtirishmoqda.

DigiTech
11.7K views09:46
Ochish/sharhlash
2024-05-07 08:37:14
SpaceX o’zining EVA skafandrini namoyish etdi. Kompaniya orbitaga chiqadigan birinchi sayyohni mana shu skafandrda jo’natmoqchi.

Kostyum yangicha matodan tayyorlangan bo’lib, skafandr ichidagi haroratni nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, unda proyektsiyali ekran va kamera mavjud.

DigiTech
13.7K views05:37
Ochish/sharhlash