Get Mystery Box with random crypto!

Arab oilalaridan birida boʻlgan voqea Er xotinining yuziga sh | 🌈𝓆𝒶𝓃ℴ𝓉𝓈𝒾𝓏 𝓆𝓊𝓈𝒽𝓁𝒶𝓇🌞ℳ𝒶𝓇𝒿ℴ𝓃𝒶

Arab oilalaridan birida boʻlgan voqea

Er xotinining yuziga shunaqangi tushirdiki, yerga oʻtirib qoldi. Labidan oqayotgan qonni artarkan asta turdi-da, erining yuziga qarab:
– Hoziroq borib ustingizdan shikoyat qilaman, dedi. Er esa:
– Senga kim aytdi meni koʻchaga chiqishingga ruxsat beradi deb?! – dedi.
-Nima, eshik va derazalarni berkitib qoʻysam, tashqariga chiqarmasam, shikoyat qilolmaydi deb oʻylayapsizmi!?
– Xoʻsh, nima qila olasan!?
– Bogʻlanaman.
– Telefoning ham qoʻlimda va uni bermayman. Endi qoʻlingdan kelganini qil!
Xotin hammom tomon yoʻnaldi. Er hammom derazasidan qochmoqchi deb oʻyladi va derazasi kichigu degan xayol oʻtdi va xotirjam boʻlib kresloga oʻtirdi. Gʻazabi bosilgan edi. Xotini hammomdan chiqdi, qarasa tahorat olibdi. Er koʻz qirida ayolini kuzatib turdi. Xotin:
– Ustingizdan shikoyatimni joynamoz ustida, Uning nomi bilan qasam ichiladigan Zotga qilaman, Uning eshik va derazalari doim ochiq va u bilan bogʻlanish uchun telefon ham kerak emas, – dedi.

So'ng ikki rakat namoz oʻqidi. Sajdalarda uzooq turdi. Er uni kuzatib turardi. Xotini namozni tugatib, qoʻlini endi duoga ochmoqchi edi, eri yugurib keldi-da, xotinining qoʻlini ushlab:
– Sajdada turib qargʻaganing kammi, yana qancha meni duobad qilmoqchisan?! – dedi.
Shunda xotin unga qaradi va past ovozda:
– Menga qilgan shu ishingizdan keyin toʻxtashimni soʻramoqchimisiz? – dedi.
Eri javob berdi:
– Gʻazabim kelib oʻzimni yoʻqotib qoʻydim, senga qoʻl koʻtarmoqchi emasdim, shayton meni yoʻldan urdi!
Xotin endi nimtabassum va ayollarga xos nazokat ila shunday dedi:
– Shuning uchun shaytonni laʼnatlab, siz haqingizda yaxshilik soʻrab xayrli duo qilyapman. Men erini, koʻz quvonchini qargʻaydigan ahmoq emasman, sizni duoibad qilarmidim, begim!
Er ayolining qoʻllaridan oʻpdi va:
– Kechir meni, Allohga qasam, bundan keyin senga aslo qoʻl koʻtarmayman deya yigʻlay boshladi.

Arab tilidan #tarjima #ayollar #duo