Get Mystery Box with random crypto!

​​ Ayol kim? Birinchi bo‘lib diktator fir’avnga butun iymon | 🌈𝓆𝒶𝓃ℴ𝓉𝓈𝒾𝓏 𝓆𝓊𝓈𝒽𝓁𝒶𝓇🌞ℳ𝒶𝓇𝒿ℴ𝓃𝒶

​​ Ayol kim?

Birinchi bo‘lib diktator fir’avnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz ro‘para turgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Sayyida Osiyodir.

Birinch bo‘lib Ka’batullohning vujudga kelishi va Makka shahrining gullab-yashnashiga sababchi bo‘lgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Hojar onamizdir.

Birinchi bo‘lib yer yuzidagi eng pok suv Zamzamni ichishga erishgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Hojar onamizdir.

Birinchi bo‘lib Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Xadicha onamizdir.

Birinchi bo‘lib Islom uchun jonini fido qilgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Sumayya roziyallohu anhodir.

Birinchi bo‘lib Islom uchun mol-mulkini hech ikkilanmasdan fido qilgan shaxs erkak emas, Ayol bo‘lgan. U Xadicha onamizdir.

Bilmagan har kimsa bilib olsinki, ayol Islom uchun faxrdir. Ayollarni hurmat qilgan va ularning qadr-qimmatini bilgan ummatga Allohning salomlari bo‘lsin..!