#Bilasizmi
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar
haqiqiy hisoblanmaydi.
Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin
1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan
Davlat xizmatlari markazlariga yoki
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)
orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga
murojaat qilinadi.
Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga
BHMning 10 baravari (3,3 mln so'm), mansabdor shaxslarga esa
15 baravari (4 mln 950 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat