Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun qayerga murojaat qilishlari lozim?

Bugungi kunda elektr energiyasini o‘lchash vositasi va tizimini plombalash va elektr ta’minoti shartnomasini tuzish uchun fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra:

Davlat xizmatlari markazlari

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)

“ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali murojaat qilishlari mumkin.

Hukumatning 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 11-bandida iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda murojaat etganda yig‘im undirilmasligi belgilangan.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat