Get Mystery Box with random crypto!

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz Davlat | Davlat xizmatlari yangiliklari

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni nimalarni nazarda tutadi?

Javob:

Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:

texnik shartlarni ishlab chiqish;
gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
gaz ta’minoti shartnomasini tuzish;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni yetkazib berish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat