Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi? Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti olish t | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi?

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari.

Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 0 barobaridan 80,5 barobarigacha.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3-25 ish kuni.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat