Get Mystery Box with random crypto!

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz Davlat | Davlat xizmatlari yangiliklari

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish xizmati bo‘yicha yuboriladigan arizaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun buyurtma beruvchi va ariza beruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;

yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun loyiha hujjatlarining elektron nusxalari;

ariza beruvchiga tegishli bo‘lgan burg‘ilash uskunasining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot (uskuna texnik pasporti yoki uni ijaraga olganligi to‘g‘risida shartnoma nusxasi).

Ariza beruvchidan yuqorida ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat