#Bilasizmi
Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali amalga oshirish mumkin.
Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:
yuridik shaxslar uchun –
4 yil;
jismoniy shaxslar uchun –
8 yilni tashkil etadi.
Hisoblagichni qiyoslashdan oʻtkazish davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun quyidagicha yigʻim undiriladi:
jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari)
BHMning 20 foizi (66 000 soʻm);
hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun)
BHMning 15 foizi (49 500 soʻm);
yuridik shaxslardan
BHMning 1,5 baravari (495 000 soʻm) miqdorida.
“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan yigʻimning
50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat