Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Bilasizmi

Pedagoglarga attestatsiya va malaka hujjatlarini topshirish qanday amalga oshiriladi?

Hukumat qaroriga asosan, pedagoglar attestatsiyadan oʻtish uchun har yili 1-yanvardan 1-martgacha va 1-avgustdan 1-oktabrgacha bevosita DXM, YIDXP yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi.

Bunda ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) attestatsiyadan oʻtish boʻyicha soʻrovnoma toʻldiradi va unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagogning ta’lim toʻgʻrisidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatni Oʻzbekistonda tan olish haqidagi guvohnoma);
qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud boʻlsa);
pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma.

Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
ERI kaliti bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

Pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi.

Navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun BHMning 1 baravari (330 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

My.gov.uz yoki Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat