Get Mystery Box with random crypto!

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz Davlat | Davlat xizmatlari yangiliklari

#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat etiladimi?

Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ko‘chma savdo obyektlarini yoki uning bir qismini boshqa shaxsga foydalanishga yoki ijaraga berishga ruxsat beriladi.

Bunda, ko‘chma savdo obyektlarini foydalanishga yoki ijaraga berish Davlat soliq qo‘mitasining maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimida amalga oshiriladi, ijaraga oluvchi esa yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.

Asos: Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chma savdo faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada keng joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori.

Kanalga
ulanish
https://t.me/davxizmat