Get Mystery Box with random crypto!

Davronbek Dunyo | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi davronbek_dunyo — Davronbek Dunyo | Rasmiy kanali D
Telegram kanalining logotibi davronbek_dunyo — Davronbek Dunyo | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @davronbek_dunyo
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

Maqsad sari dadil qadam tashlamas ekansiz, muvaffaqqiyatga erisha olmaysiz.
Kanallar:
@cosmonavtika_uz
@yurakdagihikoya
⚡Tezkor xabarlar
📚Ilmiy
📈 Ijtimoiy-siyosiy
Murojaatlar uchun: @davronbek_xoliqulov
Guruh:https://t.me/davronbek_dunyo_guruhi

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-08 21:51:53 #dunyo

Yaponiya sobiq bosh vaziri Shinzo Abening otib o'ldirilishi katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Nafaqat sobiq hukumat rahbarining o'ldirilishi, umuman, qurol zo'ravonligi Yaponiyadek jamiyatda deyarli umuman uchramaydigan holat.

Bu voqea fonida AQShda yana qurol zo'ravonligi masalasi muhokama markaziga chiqyapti.

AQShdagi kabi Yaponiyada ham oddiy fuqarolarga qurol sotib olish va saqlashga ruxsat berilgan, ammo cheklovlar ancha keskin. Balki shu boisdir, qurol sotib oladigan fuqarolar soni Yaponiyada AQShga qaraganda ancha kam.

Solishtirish uchun: AQShda aholi orasidagi qurollar soni har 100 ta odamga 120 ta to'g'ri keladi. Bu degani, ba'zi odamlar bir emas, bir nechta qurolga egalik qiladi. Yaponiyada esa bu ko'rsatkich bor-yo'g'i 0,25. Boshqacha aytganda, Yaponiyada har 400 ta odamga bitta qurol to'g'ri keladi.

Qurol zo'ravonligi bo'yicha raqamlar bundan ham dahshatli. 2021-yil AQShda kamida 45 ming odam (!) qurol zo'ravonligi qurboni bo'lgan. Shu yili Yaponiyada faqat bitta odam qurol qo'llanishi oqibatida o'lgan.

@davronbek_dunyo
3 viewsXoliqulov Davron, 18:51
Ochish/sharhlash
2022-07-08 21:25:05 ​​ҚУРБОНЛИК ГЎШТИ
ҲАЛОЛ ТАОМ

#Қурбонлик_масалалари

✓Масала: Ҳалол ҳайвонларнинг етти аъзосини ейиш жоиз бўлмайди. Улар:

1. Оқувчи қон;

2. Эркак ва урғочи ҳайвоннинг жинсий аъзоси;

3. Эркак ҳайвоннинг тухуми;

4. Сийдик халта;

5. Орқа жинсий аъзоси;

6. Ғудда (безлар);

7. Ўт пуфак.

✓Масала: “Канзуд-дақоиқ” ва “Мароқил фалоҳ” китобларида ҳаром мағиз, яъни умуртқа суяк ичидаги оқ сут каби суюқликни истеъмол қилиш жоиз эмас, дейилган.

✓Масала: Кўпчилик кишилар қурбонлик қилганларидан кейин ошган гўштини сотиб юборадилар. Бундай қилиш жоиз эмас. Қурбонлик гўштини сотиб юборган бўлсалар, фақир мискинларга уни пулини садақа қилишлари вожиб бўлади.

✓Масала: Қассобнинг хизмат ҳақини сўйилган қурбонлик гўштидан бериш жоиз эмас.

✓Масала: Баъзи бир кишилар гўшти арзон тушар экан деб, қурбонлик қилувчиларга шерик бўлиб оладилар. Агар шерикларидан бирортасини нияти гўштни арзонга тушиши бўлса, барча шерикларнинг қурбонлиги дуруст бўлмайди.

✓Масала: Қассобнинг хизмат ҳаққини гўшт, тери ёки калла-поча билан адо қилиш жоиз эмас. Агар шундай қилган бўлса, уларни қийматича садақа қилиш вожиб бўлади. Лекин, қассобнинг ҳаққини алоҳида адо қилиб, қўшимча уларни унга бериб юборса зарари йўқ. Лекин, эвазига хизмат ҳақини камайтирмаслиги лозим.

✓Масала: Қассоблик касби дуруст бўлиб, Набий соллаллоҳу алайҳи васалламнинг замоналарида ҳам қассоблар бўлган. Саҳобаларнинг баъзилари қассоблик касби билан шуғулланганлар.

Азизхўжа домла ҳафизаҳул
@Мубашшир Аҳмад
манба
.
.
ҲАЛОЛ ТАОМ

Савол:
Ассалому алайкум! Биз тарафларда мол сўйилса унинг ичаклари, оёғи ва бошқа аъзоларини ҳам ейишади, шу тўғрими? Молнинг нажосати турган ичакни ейиш ҳаром эмасми?

Жавоб:
Одинахон Муҳаммад Юсуф:
– Ва алайкум ассалом! Сўйилган ҳайвоннинг ейиш ҳаром бўлган нарсалари:
Ҳанафий мазҳаби бўйича, сўйилган барча ҳайвонлардаги қуйидаги нарсаларни ейиш ҳаромдир:
1. Эркак ҳайвоннинг закари.
2. Эркак ҳайвоннинг икки мояги.
3. Урғочи ҳайвоннинг жинсий аъзоси.
4. Ҳайвондаги без.
5. Ҳайвондан оққан қон.
6. Ўт пуфак.
7. Умуртқа орасидаги ҳаром мағиз.
Чунки Аллоҳ таоло «Аъроф» сурасида Пайғамбаримиз алайҳиссаломни васф қилар экан «уларга покиза нарсаларни ҳалол қилиб, нопок нарсаларни ҳаром қиладиган», деган. Мазкур етти нарса ҳам нопок нарсалардир.
Мужоҳид розияллоҳу анҳудан келтирилган ривоятда Пайғамбаримиз алайҳиссалом мазкур етти нарсани ейишдан қайтарганлар.("Ҳадис ва Ҳаёт китобидан) Валлоҳу аълам!
Muslimaat uz

@davronbek_dunyo
3 viewsXoliqulov Davron, 18:25
Ochish/sharhlash
2022-07-08 12:07:03 #ибрат

​​Қурбонлик вожиб бўлмаса ҳам, унга ҳаракат қилиш

Қурбонликнинг фазилати буюк, савоби улуғ бўлгани учун, ҳали зиммасига қурбонлик қилиш вожиб бўлмаган кишилар ҳам, уни қилишга ҳаракат қилишлари, савобидан баҳраманд бўлишга интилишлари лозим. Ахир дунё қувончи учун қанча бўлса, шунча сарфлайдиган инсон, Аллоҳнинг розилиги учун бироз маблағ сарф қила олмайдими? 
Зиммамизда қайси амал фарз ёки вожиб бўлса, ўшаларнигина адо этамиз, десангиз, у ҳолда дунё ишлари борасида нега шу гапингизга амал қилмаяпсиз? Аслида заруратнинг миқдори шуки, жон сақлаб юриш учун арпа унидан қилинган нон ҳам кифоя қиларди, лекин сиз бу билан кифояланмай, нима учун палов, кабоб еяпсиз? Иссиқдан ёки совуқдан сақланиш учун дағал, қўпол матолар ҳам ярайди, лекин нега юпқа, нафис матолардан кийим киясиз? 
Нафсингизни қондириш учун зарур бўлмаган ишларни ҳам қиласиз, диннинг ишига келганда эса «Шу ҳозир зарурми?» дейсиз. Бу гапингиздан «Қурбонлик қилмаслик унчалик катта гуноҳ бўлмаса, қилмайман. Бўлмаса қилишга мажбурмиз, иложимиз қанча?» дегандек оҳанг сезилиб қолади.
Эътиқодни тўғрилаш учун зарур ва зарур бўлмаган нарсалар илмини сўраб билиб олиш яхшидир, чунки зарурий ишларни зарурий, зарурий бўлмаган ишларни зарурий эмас деб эътиқод қилиш вожибдир. Лекин амал қилишда «Шу ишни қилсам, Аллоҳ мендан кўпроқ рози бўладими?» деб сўралса яхши бўлади.
Аллоҳ таоло бирор амалдан жуда хурсанд бўлиши сизга маълум бўлса, ҳеч ўйланмасдан, ўша ишни қилишга қаттиқ рағбат қилинг, ҳаракат қилинг.
Кўпчилик динга муҳаббатим бор деб даъво қилади, намоз ва шунга ўхшаш бошқа амалларда жуда мустаҳкам бўлади, лекин бир-икки сўм сарф қилишга келганда ҳийла қидиришга тушиб қолади. 
Бу ҳам, иймоннинг заифлигидан далолатдир.

«Қурбонлик сўйишлар ва ақиқага оид масалалар» китобидан

@davronbek_dunyo
6 viewsXoliqulov Davron, edited  09:07
Ochish/sharhlash
2022-07-08 04:05:27 #raketa

"SpaceX" raketasi uchun dvigatel yasagan o'zbekistonlik

Tanishing: "SpaceX" va "Blue Origin" kosmik kompaniyalarining samoga parvoz qilayotgan raketalari uchun birinchi dvigatelni qurishda ishtirok etgan o'zbekistonlik Maqsud Ismoilov.

U AQShga kelganida dastlab avtomobil ustaxonasida balon almashtiruvchi bo'lib ishlagan. Keyin AQShning eng nufuzli oliy o'quv yurtlaridan birida raketa dvigatellari bo'yicha doktorlik ishini yoqladi. Uzoq yillar "SpaceX", "Blue Origin" kabi AQShning eng yirik xususiy fazo kompaniyalarida ishladi.

Bugun u "Rocket Propulsion Systems" deb nomlangan o'z kompaniyasiga ega. NASA bilan hamkorlikda yangi turdagi raketa dvigatellarini yaratish ustida ishlamoqda.

Orzuim Sietldan Toshkentgacha yetib borish uchun ketadigan 24 soatlik sayohat vaqtini 45 daqiqaga tushirish, deydi u. Uning kompaniyasi shu imkoniyatni taqdim etuvchi yangi avlod dvigatellarni oddiy samolyotlarga o'rnatish ustida ishlamoqda.

To'liq lavhani quyida tomosha qiling.

Manba: bmamadiev

@davronbek_dunyo
5 viewsXoliqulov Davron, edited  01:05
Ochish/sharhlash
2022-07-04 12:28:37 #Karakalpakstan

Qoraqalpog’iston: fakt, fikr va kelajak haqidagi taxminlar

Qoraqalpog’istonda yuz bergan voqealar ko’pchilik qatori meni ham tashvishga soldi. Quyida ba’zi ma’lumotlar va fikrlarimni bildirmoqchiman.

Fakt

Rasman Qoraqalpog’iston respublikasi deb ataladigan bu hudud O’zbekiston tarkibidagi suveren respublika hisoblanadi. Respublikaning jami maydoni butun O’zbekiston hududining qariyb 40 foiziga teng (166 600 kv. km.), lekin aholi soni O’zbekiston aholisining bor-yo’g’i 5-6 foizini tashkil qiladi (2 millionga yaqin).

Fikr

Avvalo, Qoraqalpog’istonning O’zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan maqomini o’zgartirish haqidagi takliflar mutlaqo keraksiz edi. Tashabbuskorlar O’zbekiston uchun yo’q joydan muammo paydo qildi.

Bu takliflar amalga oshirilmaydigan bo’ldi; ammo arining uyasiga tiqilgan cho’p quyidagi ikkita katta muammoni paydo qildi.

Birinchidan, Qoraqalpog’iston va O’zbekiston aholisi hududning mustaqil bo’lishi mumkinligini tushunib yetdi va ichkaridagi hamda tashqaridagi ba’zi manfaatdor toifalar endi bu masalani kelajakda tez-tez eslatib turadi.

Ikkinchidan, yuz bergan voqealar qardosh o’zbek va qoraqalpoq xalqlari orasiga jiddiy raxna soldi. Tartibsizliklar bostirilgan taqdirda ham, hayot avvalgi holatga to’liq qaytsa ham, darz ketgan ishonchni tiklash oson bo’lmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham o’zbeklar, ham qoraqalpoqlar tomonidan millatchilikka asoslangan fikrlar yangrayotganini ko’ryapmiz. Go’yoki Qoraqalpog’istondagi namoyishchilar huquqini himoya qilayotgan ba’zi onlayn guruhlar va kanallar O’zbekiston hukumatini emas, ochiqdan ochiq o’zbek millatini haqorat qilishga o’tib ketdi.

Albatta, bu gaplar qoraqalpoq xalqi aksariyatning fikrini ifodalamaydi. Ammo yuz bergan zo’ravonliklar haqidagi ma’lumotlarning urchishi o’zbeklarda ham, qoraqalpoqlarda ham bir-biriga nisbatan nafratni kuchaytiradi. Bundan manfaatdor tomonlar bor va ularning maqsadi ham aslida shu. Ya’ni, ikki qardosh xalq bir-biridan nafratlanishni boshlagan taqdirdagina qoraqalpoqlar mustaqillik uchun haqiqiy kurashni boshlashi mumkin. Voqealarning eng katta zarari mana shunda.

Qoraqalpog’iston kelajakda mustaqil bo’lishi muminmi?

Menimcha, yo’q. Agar hukumat qoraqalpoqlarga qarshi diskriminatsion siyosat yuritmasa, hududni ajratmasdan, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha to’g’ri siyosat olib borsa, Qoraqalpog’iston eli O’zbekistondan ajralib chiqishni istamaydi. Nima uchun?

Avvalo,
Qoraqalpog’iston demografik va geografik jihatdan mustaqil davlat sifatida rivojlana oladigan hudud emas.

Ikki millionga yaqin aholining bor-yo’g’i 400 mingini qoraqalpoqlar tashkil qiladi. Yana kamida shuncha o’zbek bor. Qolganlar qozoqlar va boshqa millat vakillaridan iborat.

Hudud iqtisodiy jihatdan Toshkentga qaram. Agar Qozog’iston yordam bermasa, O’zbekistonsiz ular rivojlana olmaydi. Demak, Qoraqalpog’iston masalasida Qozog’iston bilan umumiy va nizolardan xoli pozitsiyaga ega bo’lish muhim.

Hudud ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlansa, kelajakda bu yerdagi o’zbeklar nisbati qoraqalpoqlardan oshib ketishi aniq. Shunda haqiqiy demokratik referendum o’tkazilgan taqdirda ham, aholining aksariyati O’zbekiston tarkibida qolish uchun ovoz beradi. Demak, hukumat o’z siyosatini hududni iqtisodiy va demografik jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratishi zarur.

Endi nima qilish kerak?

Bo’lar ish bo’ldi. Zarar yetkazildi. Endi bu zararning oqibatlarini minimallashtirish ustida ishlash kerak. Hukumat xatosini tan olishi va o’zbek-qoraqalpoq qardosh xalqari orasidagi ishonchni qayta mustahkamlashga harakat qilishi lozim. Har ikki tomondagi millatchilar birdek jazolanishi va ularning ovozi o'chirilishi kerak. Qoraqalpoqlar o’zini aynan qoraqalpoq bo’lgani uchun jazolanayotgandek his qilmasin.

Dunyoda mustaqillik uchun kurashayotgan hududlar ko’p. Aksariyati markaziy hukumat olib borgan diskriminatsion siyosat natijasida yuz bergan. Kuch bilan hududni nazorat ostida ushlab turish mumkin, lekin bunday boshqaruv qachondir baribir barbod bo’ladi.

Manba: bmamadiev

@davronbek_dunyo
15 viewsXoliqulov Davron, edited  09:28
Ochish/sharhlash
2022-06-09 04:40:35
Tavakkal qil
Gʻolib boʻlsang Baxtli boʻlasan
Magʻlub boʻlsang Dono boʻlasan.

@davronbek_dunyo
46 viewsXoliqulov Davron, 01:40
Ochish/sharhlash
2022-05-26 09:02:21 YouTubeda tomosha qiling: 2022 yilgi yangi texnologiyalar| Tesla, SpaceX, Realmi, Xiaomi..


62 viewsXoliqulov Davron, 06:02
Ochish/sharhlash
2022-05-25 21:47:43
Umar o‘limlari oldida yig‘ladilar. Shunda u kishiga:
«Nega yig‘layapsiz?» deyilgan edi, u kishi: «Allohning huzurida
ulkan hisoblanadigan biror gunohni o‘zimcha kichik sanab, qilib
qo‘ymaganmikinman, deb qo‘rqmoqdaman», dedilar.

@davronbek_dunyo
49 viewsXoliqulov Davron, 18:47
Ochish/sharhlash
2022-05-23 20:09:43
SpaceX AQSHdagi eng qimmat startapga aylandi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi AQSHdagi eng qimmat startap bo’ldi. So’ngi hisoblarga ko’ra uning baxosi $125 milliardga yetgan. Eslatib o’tamiz: Dunyoning eng boy odami va SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask SpaceXning 44% aksiyasiga egalik qiladi

@davronbek_dunyo
49 viewsXoliqulov Davron, 17:09
Ochish/sharhlash
2022-05-23 10:53:38 #Bilasizmi

Koinot nega cheksiz?

Dunyo ham cheksizdir, insonlar uchun, siz uchun, ammo yaralgan dunyo bir kuni oʻz poyoniga yetadi, biz esa u vaqtda boʻlamizmi yoʻqmi, Allohga ayon. Balki, mana shu soʻzlar ham abadiy emasdir. Turli davrda insonlar turlicha fikrlashgan, misol uchun ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi insonlar sizni eshitishsa sizni daho yoki ixtirochi deb, oʻzlariga boshliq qilib olishlari mumkin. Undan keyin siz kelajakda qanday insonlar yashashini bilasizmi? Albatta bilmaysiz, ammo taxmin qilish mumkin, agar yadro qurollari ishga tushirilmasa, insoniyat misli koʻrilmagan darajada fikrlashi hozirgidan oʻn baravar yoki yuz baravargacha oshishi mumkin. Oʻsha vaqtdagi insonlar bugungi kundagi fikrlashni ham oddiy fikrlash boʻlgan deb oʻylashadi. Agar insoniyatni, balki, butun yer yuzini yoʻq qilishga kuchi yetadigan yadro va masofali lazer qurollari bor ekan, dunyo oʻzgarib ketishi ham mumkin, qanaqasiga deysizmi? Rivojlangan davlatlar allaqachon Marsda yoki boshqa yashashga qulay boʻlgan hududlarni oʻzlashtirishga kirishmoqda. Koinotda turizmni ham ishga tushirishdi, sizda kottaroq mablagʻ boʻlsa kifoya siz Yer sirtidan tashqariga chiqib yana qaytib kelasiz, tamom. Demak, Marsda shaharlar qurish loyihalari ishlab chiqilgan, faqat, ularni boshlash uchun juda katta mablagʻ talab etiladi, buning uchun esa barcha davlatlar birlashishiga toʻgʻri keladi. Afsuski, barcha davlatlar birgalikda harakat qila olishmaydi. Eh mayli boʻlgancha boʻlar, biz oʻzimizni dunyomizni yashaylik, axir kelajak yoshlar qoʻlida, necha yildan beri anʼana boʻlib kelayabdi.
Fikrlar boʻlsa bemalol.

Xoliqulov Davron

@davronbek_dunyo
39 viewsXoliqulov Davron, 07:53
Ochish/sharhlash